susiyatlar so‘z-mantiq tafakkur turining ko‘rgazmali-obrazli ta
fakkur ko‘rinishidan ortda qolishi, intellekt ko‘rsatkichlarining
nihoyatda
notekisligi bilan tavsiflaydi, ammo bu notekislik yosh
ulg‘ayishi bilan kamayib borishini ta’kidlab o‘tadi.
Sh.T.Xalikova ko‘zi to‘liq ojiz, zaif ko‘ruvchi va ko‘rish anali-
zatori sog‘lom bo‘lgan o‘quvchilar fikr yuritish jarayonini o‘zaro
taqqoslab, ular bir-biriga umumiy xususiyatlari bilan ancha yaqin
bo‘lsa-da, lekin o'zlarining shaxsiy xususiyatlari bilan farqlana
di, — deb ta’kidlaydi1.
Uning fikricha, ko‘rish nuqsonining qay
darajada chuqurligi ko‘zi ojiz subyektlarning taqqoslash jarayoni
sifatiga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Sh.T.Xalikova o‘z
ilmiy izlanish-
lari natijasida ko‘rish nuqsoniga ega bo‘lgan kontingentlar tafak
kuri umumiy, normal rivojlanish qonuniyatlariga bo‘ysunishini,
ammo bu jarayonda o‘ziga xos qonuniyatlar ham mavjud bo‘lib,
ular
0
‘quvchi imkoniyati, iste’dodi, izlanuvchanligi, tezkorli-
gi, topqirligi kabi xususiyatlarga va
shaxsiy tipologik farqlarga
bog‘liqligini ta’kidlaydi. Shuningdek, muallif ko‘zi ojiz
0
‘quvchi-
lar tafakkuri rivojlanishi aksariyat hollarda milliy xususiyatlar bi
lan ham bog‘liqligini e’tirof etadi.
Aqliy normal va ruhiy rivojlanishi sustlashgan o‘quvchilarni
o‘zaro solishtirar ekan, Sh.R.Samarova fikrlash jarayonlari (idroki,
mantiqiy xotirasi, ko‘rgazmali, obrazli, fazoviy,
vizual tafakkur
turlari hamda operatsiyalari) rivojlanishi, diqqat xususiyatlari,
anglangan, ixtiyoriylik darajalari negizida o‘ziga xos qonuniyatlar,
ta’sir etuvchi ichki va tashqi omillar yotishini asoslab beradi2.
Tadqiqotchining
fikricha, aqlan normal, ruhiy rivojlanishi sust
lashgan boshlang‘ich (2 va 4) sinf o‘quvchilarida fikrlash jarayon
lari, yuksak funksional tizim tarkibi (ixtiyoriy diqqat) umumiy
Dostları ilə paylaş: