Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya


 ‘smirlik davriga o‘tishdagi inqiroz



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə129/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

15.5. 0 ‘smirlik davriga o‘tishdagi inqiroz
Kichik maktab yoshining oxiriga kelib an’anaviy ta’lim tizimi- 
da chuqur motivatsion inqiroz kuzatiladi (ba’zan uni motivatsion 
vakuum ham deb ataladi). Bunda yangi ijtimoiy pozitsiyani egallash 
bilan bogliq motivatsiya yo‘qoladi (o‘qish hayotiy majburiyatlardan 
biriga aylanadi), o‘qishning mazmunli motivlari mavjud bolmay- 
di, shakllanmagan boladi. Inqiroz belgilari quyidagilarda namoyon 
boladi: maktabga umuman salbiy munosabat, unga borish majburiy 
emas, o‘quv topshiriqlarini bajarishni istamaslik, o‘qituvchilar bilan 
nizolashishlar. Bola o‘quv faoliyatida qanchalik kam muvaffaqiyat­
ga erishgan bolsa, unga shunchalik oglr tuyuladi.
Maktabda o‘quvchining barqaror mavqei shakllangan b o la­
di, ayniqsa qulay bolmagan mavqe o‘smirlik davriga olishda 
ham saqlanib qoladi. Boshlanglch sinf davrida bilim, malaka va 
ko‘nikmalarning yetishmasligi tufayli hal qilinmagan qiyinchi- 
liklar o‘smirlik davriga olishda yanada chuqurlashadi. Bola hal 
qilishi zarur bolmagan, muammolar, topshiriqlarga duch keladi
317


(o‘zini tekshirish va boshqalar bilan solishtirish, har xil o‘qituv- 
chilarning talablariga, ta’limning yangi sharoitlariga moslashish).
N.K Polivanovaning ta’kidlashicha, o‘smirlikdan oldingi in- 
qirozning asosiy psixologik mazmuni refleksiyaning «o‘ziga qa- 
ratilishidir»1. 0 ‘quv faoliyatida shakllangan refleksiv munosabat 
o‘z-o‘zini anglash sohasiga ko‘chiriladi.
Shunday qilib, rivojlanishning ijtimoiy vaziyatini qayta qu- 
rishda turli topshiriqlarni bajarishning asosiy sharti sifatida o‘z 
xislatlari va ko‘nikmalariga, «o‘ziga yo‘nalganlik» vujudga kela­
di. Bolalar xarakterida kattalikka intilish kuzatiladi. Tengdosh­
lari bilan muloqot shaxsiy rivojlanishning ko‘p jihatlarini belgi- 
lay boshlaydi.
Maktabning boshlanglch sinfidan o‘rta sinfga o‘tgan bola- 
lardagi ijtimoiy psixologik moslashuvning o‘ziga xosliklari 
L.B.Bekniyazova tadqiqotlarida ko'zga tashlanadi2. Tadqiqotchi 
ta’lim jarayonidagi qiyinchiliklarni o‘quvchining psixologik xusu- 
siyatlari, bilish jarayonlarining rivojlanganlik darajasi, motivat­
sion sohadagi o‘ziga xosliklar, atrofdagilar va o‘ziga bolgan ijti­
moiy munosabatlar sistemasi bilan boglaydi.
K.Q.Mamedovning fikricha, psixik rivojlanishi sustlashgan 
bolalarning maktabgacha yosh bosqichida, shuningdek, bosh­
langlch sinf o‘quvchilarida va o‘smir yoshidagilarda tafakkurning 
so‘z-mantiq turi normal tengdoshlariga nisbatan yetarli darajada 
shakllanmagan3. Ammo bu xususiyatning ifodalanishi maktab­
gacha yoshdan o‘smirlik yoshi tomon kamayib borishi kuzatila­
di. Olim ijtimoiylashuv va mustaqil fikrlashga moyillikni ushbu 
jarayonning psixologik mexanizmi sifatida e’tirof etadi. K.Q.Ma- 
medov psixik rivojlanishi sustlashgan bolalar tafakkuriga xos xu-

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin