Psixologiyasi. Pedagogik psixologiya



Yüklə 12,64 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə135/240
tarix20.09.2023
ölçüsü12,64 Mb.
#145827
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   240
Rivojlantirish psixologiyasi. Pedagogik psixologiya.Nishanova Z.T. Kamilova N.G

Diqqat. 
Agar kichik maktab davrida ixtiyorsiz diqqat ustun- 
lik qilsa, o‘smirlik davrida bola o‘z diqqatini o‘zi boshqara oladi. 
Dars davomida intizomning buzilishi aksariyat hollarda o‘quvchi- 
lar diqqatsizligidan emas, balki ijtimoiy sabablar bilan belgila- 
nadi. 0 ‘smir o‘z diqqatini to la ravishda o‘zi uchun ahamiyatli 
bolgan va yuqori natijalarga erishishi mumkin bolgan faoliyat-
337


larga qarata oladi. 0 ‘smirning diqqati yaxshi boshqariladigan va 
nazorat etiladigan darajada rivojlangan bo‘lishi mumkin. Bola­
ning rivojlanayotgan ixtiyoriy diqqati o‘qituvchi tomonidan doi­
mo qo‘llab-quvvatlanishi juda zarurdir. Pedagogik jarayonda ix­
tiyorsiz diqqatni ixtiyoriy diqqat darajasiga ko‘tarish uchun bir 
qancha uslublar ishlab chiqilgan. Shuningdek, o‘smirning dars 
jarayonida o‘z tengdoshlari orasida o‘zini ko‘rsatishi uchun sha- 
roitni yaratilishi ham o‘smirdagi diqqatni ixtiyorsizdan ixtiyoriy- 
ga aylanishida zamin bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
0
‘smirlik davrida juda qattiq charchash holatlari ham bola- 
di. Aynan 13—14 hamda 16 yoshlarda charchash chizig'i keskin 
ko‘tariladi. Bunday holatlarda o‘smir atrofdagi narsa va voqealar- 
ga to‘liq diqqatini qarata olmaydi.
0
‘smirlik davrida xotiraning barcha turlari o‘zining sifat 
ko‘rsatkichlari asosida jadal rivojlanadi. Bu davrda o‘quvchilar- 
ga beriladigan o‘quv materialining hajmi katta bo‘lgani uchun 
ham uni eslab qolishi yoki bir necha marta takrorlash yo‘li bilan 
o‘zlashtirish qiyin. 0 ‘smirlik yoshida bolalar o‘qigan va o‘rgan- 
ganlarini so‘zma-so‘z yodlashdan voz kechib uning ma’nosiga 
ko‘ra eslab qolishga harakat qiladilar. Ularda faol ravishda man­
tiqiy xotira rivojlanib boradi. Mexanik xotiraning rivoji esa bir­
muncha sustlashadi. Bu esa ba’zan salbiy holatlarni ham keltirib 
chiqarishi mumkin. 0 ‘smirlik davriga kelib yangi fanlar, jum­
ladan, o‘quvchilar eslab qolishi zarur bo‘lgan ma’lumotlar miq­
dori ko‘payadi. Ammo mexanik xotiraning sustlashuvi ma’lumot­
larni eslab qolishda muammolarni keltirib chiqaradi va o‘smirlar 
tomonidan xotiralari zaiflashuvi haqidagi shikoyatlariga va o‘z- 
o‘zidan o‘qishga bo‘lgan qiziqishlarining pasayishiga sabab b o li­
shi mumkin. Buning uchun o‘quvchi o‘quv materialining maz- 
munini tahlil qilishi, undagi mantiqiy tuzilishni bilishi muhim.
0
‘smirlik davrida nazariy tafakkur yuqori ahamiyatga ega 
b o la boshlaydi. Chunki bu davrdagi o‘quvchilar atrof-olamda- 
gi boglanishlar mazmunini yuqori darajada bilishga harakat 
qiladilar. Bu davrda o‘smirning bilishga bolgan qiziqishida kes-
338


kin rivojlanish sodir bo'ladi. Ilmiy-nazariy bilimlarning egallab 
olinishi o‘smir tafakkurining rivojlanishiga olib keladi. Buning 
ta’sirida isbot, dalillar bilan fikrlash qobiliyati rivojlanadi. Unda 
deduktiv xulosalar chiqarishga qobiliyati paydo boladi.
Maktabda o'qitiladigan fanlar o‘smir uchun o'z taxminlari- 
ni yuzaga keltirish yoki tekshirish uchun sharoit bolib xizmat 
qiladi. J.Piajening ta’kidlashicha, «Ijtimoiy hayot uch narsaning 
ta’siri — til, mazmun, qoidalar asosida shakllantiriladi». Bu bora- 
da o'zlashtirilgan ijtimoiy munosabatlar o'z-o'zidan tafakkurning 
yangi imkoniyatlarini yaratadi.
11—12
yoshdan boshlab o'smir endi mantiqiy fikrlab harakat 
qila boshlaydi. O'smir bu yoshda xuddi kattalar singari keng 
qamrovli tahlil etishni o'rgana boshlaydi. O'smir tafakkurning 
nazariy darajasiga qanchalik tez ko'tarila olishi, o'quv material - 
larini tez va chuqur egallashi uning intellektini ham rivojlani­
shini belgilab beradi. O'smirlik davri yuqori darajadagi intel­
lektual faollik bilan farqlanadi. Bu faollik o'ta qiziquvchanlik 
hamda atrofdagilarga o'z layoqatlarini namoyish etish, shu­
ningdek, ularda yuqori baho olish ehtiyojining mavjudligi bilan 
belgilanadi. O'smirning kattalarga beradigan savollari mazmun- 
li, mulohazali va aynan o'sha masala doirasida boladi. Bu yosh­
dagi bolalar turli farazlarni keltira oladilar, taxminiy fikr yuritib, 
tadqiqot o'tkaza oladilar hamda ma’lum bir masala bo'yicha 
muqobil variantlarni taqqoslay oladilar. O'smir tafakkuri ko'pin- 
cha umumlashtirishga moyil boladi. Respublikamizning bozor 
iqtisodiyoti sharoitiga o'tishida kishilardagi amaliy tafakkurning 
ahamiyati oshmoqda. Amaliy tafakkur tizimiga quyidagi aqliy 
sifatlar kiradi: tadbirkorlik, tejamkorlik, hisob-kitoblik, yuzaga 
kelgan muammolarni tez yecha olishlik va boshqa shu kabi sifat­
lar mavjud bolgan taqdirdagina amaliy tafakkurni rivojlangan 
deb hisoblash mumkin. Bu sifatlarni 1-sinfdanoq rivojlantira bo- 
rish nihoyatda muhim.
O'smirlik davrida ishbilarmonlik sifatini o'quvchilarning o'z- 
o'zini boshqarishini yo'lga qo'yishi, umumiy foydali tadbirkor-
339


lik ishlarida ishtirok etishi orqali rivojlantirish mumkin. Bu bora­
da o‘quvchi ijrochi rolida emas, balki boshqaruvchi, mustaqil yo‘l 
tanlovchi va tadbirkorlik munosabatlarida o‘zi ishtirokchi bo‘lgan 
taqdirdagina rivojlanish amalga oshishi mumkin. Bu yosh­
da tadbirkorlikni rivojlantirishda ko‘proq mustaqillikning beri­
lishi o‘smir amaliy tafakkurining rivojiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. 
0
‘smir yoshdagi bolalarda tejamkorlikni rivojlantirish aqlning 
boshqa sifatlariga nisbatan osonroq kechadi, buni ko‘proq ularni 
qiziqtiradigan narsalarga mustaqil ravishda hisob-kitob qilib bo- 
rishga yollash orqali amalga oshirish mumkin, o‘smirlarda yuza­
ga kelgan muammolarni tez va operativ holda yechish malakasini 
shakllantirish birmuncha qiyinroq kechadi. Albatta, bu bolaning 
temperamentiga ham bog‘liq. Barcha o‘smirlarni ham tez yollab, 
tez harakat qilishga o‘rgatish mushkul, lekin ularni biror muam- 
mo yuzaga kelishi bilan orqaga chekinmay, zudlik bilan muam­
moni yechishning umumiy qoidalariga o‘rgatib borish mumkin. 
0
‘smirlik davrida intellektning yuqori darajada rivojlangan boli- 
shi qimmatli va obro‘li hisoblanadi. 0 ‘smir shaxsida va uning bi­
lishga qiziqishidagi o‘zgarishlar o‘zaro bogliq boladi. Ixtiyoriy 
psixik jarayonlarning rivojlanishi o‘smirdagi shakllanib kelayot- 
gan shaxs mustaqilligiga tayanadi, o‘zining shaxsiy xususiyatlari­
ni anglash va shakllantirish imkoniyatlari esa undagi tafakkur­
ning rivojlanishi bilan belgilanadi.
0
‘smirlarning ota-onasi, kattalar bilan qiladigan muloqoti 
xarakteri ularning katta bolganlik hissi asosida tuzilgan boladi. 
Kattalar tomonidan qilinadigan o‘smirlarning haq-huquqlari- 
ni cheklashlariga bildirgan qarshilik va e’tirozlariga o‘zlari ham 
qattiq qayg‘uradilar. Ular muloqotda kattalarning qollab-quv- 
vatlashlariga ehtiyoj sezadilar. Birgalikdagi faoliyat o‘smirga kat- 
talarni yaxshiroq tushunishlari uchun yordam beradi. 0 ‘smir 
o‘zida bolayotgan o‘zgarishlar, uni tashvishga solayotgan muam- 
molar haqida kattalar bilan bolishishga katta ehtiyoj sezadi, le­
kin buni hech qachon birinchi bolib o‘zi boshlamaydi. 0 ‘smir 
o‘ziga nisbatan yosh bolalardek qilinadigan muomala-munosa-
340


batiga qattiq norozilik bildiradi, o‘smirlar muloqoti nihoyat- 
da o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. 0 ‘zini kattalardek his 
qilish tuyg‘usi bolaning shaxsan o‘ziga bo‘lgan munosabatini 
muayyan darajada o‘zgartiradi va har qanday ichki munosabat 
singari bu ham tashqi munosabatlarning ta’siri ostida, mazkur 
shaxsga nisbatan boshqa odamlarning munosabatlari tashkil to- 
padi. Shuning uchun o‘smir o‘zi haqida atrofdagi kishilar qanday 
fikrga kelishi to‘g‘risida ko‘p o‘ylaydi hamda buning uchun qulay 
muhit yaratish yollarini faollik bilan izlaydi. Bu shunday muhit 
bo‘lmog‘i kerakki, undagi munosabatlar endi o‘smirning katta 
kishi, mustaqil odam bolib qolganligi yaqqol namoyon bolishi- 
ni istaydi. Har bir o‘smir bilan muloqotda uning shaxsidagi eng 
yaxshi tomonlarni topa bilish, nimaga qobiliyati bor ekanligi- 
ni aniqlab olish hamda ularga tayangan holda o‘smirning o‘zi- 
ga bolgan ishonchini har tomonlama qollab-quvvatlash g‘oyat 
muhimdir. Aks holda tarbiya sohasida katta qiyinchiliklar ke­
lib chiqishi muqarrar. 0 ‘smir o‘ziga yaqin bolgan kishilarning 
ko‘z o‘ngida o‘z shaxsining mustaqilligini tasdiqlash, o‘zligini 
bildirib, o‘z «men»ini anglatish maqsadida u yoki bu darajada- 
gi o‘z imkoniyatidan tashqari ishlarga qo‘1 urishga va shu orqa­
li o‘z shaxsining ta’sirini atrofdagi kishilarga olkazishga harakat 
qilib kolishga majbur boladi. Basharti, bola o‘zini ijobiy tomon­
dan kolsatishning ilojini topa olmasa, u holda psixologik ehti­
yoj tufayli u salbiy ishlarda o‘zini kolsatishi, o‘z kamchiliklarini 
oshirib kolsatishi, qilish mumkin bolmagan ishlarni atayin qi­
lishi, ko‘proq o‘jarlik va qaysarlik qilishi va boshqa salbiy ishlarni 
qilishi mumkin. Ushbu yoshdagi bolalarning o‘z-o‘zini hurmat 
qilish tuyg‘usini shakllantirish uning shaxsi rivojida muhim hi­
soblanadi. Bunda o‘qituvchi bolaning sinf va maktab jamoasi 
oldidagi obro‘sini kolarish yollarini izlashi, turli sohalardagi 
yutuqlarini ko‘pchilikka ma’lum qilib, xato va kamchiliklarini 
yo‘qotishda donolik bilan harakat qilishi uning o‘z kuch va im- 
koniyatlariga ishonishiga zamin yaratadi. Bu bilan o‘smirda 
shakllanib kelayotgan «katta kishi» bolib qolish tuyg‘usini hur-
341


mat qilishini bildiradi, o‘qituvchi o‘smirning zarur munosabat- 
larini yo‘lga qo‘yishida unga zarur kishiga aylanadi.
0
‘smirda psixik jarayonlarning keskin o'zgarishi bilan aqliy 
faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo 
munosabatda, o‘quvchi bilan o‘qituvchi muloqotida, kattalar bi­
lan o£smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qi- 
yinchiliklar paydo boladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y be­
radi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va 
usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi.
Odobli, dilkash o‘smir kutilmaganda qaysar, intizomsiz, qo‘pol, 
serzarda bo‘lib qoladi. 0 ‘smir xulqidagi bunday o‘zgarishlar taj- 
ribasiz o‘qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi.
Xo£sh, o‘smirlarning psixik o£sishini harakatga keltiruvchi kuch 
nima? 0 ‘smirning psixik o‘sishini harakatga keltiruvchi kuch — 
uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni 
qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar t.izimi- 
ning namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni 
0
‘smir- 
ning psixologik kamolotini ta’minlash, faoliyat turlarini murak- 
kablashtirish, uning shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib 
toptirish orqali asta-sekin yo‘qotish mumkin.
Ota-onalarning o‘smirga shu erkinlikni bermasligi yoki 
o‘smirning shunday deb bilishi natijasida, ular ota-onaga qar­
shi pozitsiyada bo‘ladilar. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, ana 
shu muloqot va munosabat asosida 
0
‘smirlarda g£urur hissi shakl- 
lana boshlaydi. Albatta, g‘urur me’yor va qoidalari kattalardan 
o‘rganiladi, lekin o‘z g‘ururini qanday himoya qilishi o‘smirlar- 
ning alohida nazoratida boladi.
Muxammed Gabdulgalimovich Davletshin 0 ‘zbekistonda il­
miy maktab yaratgan, o‘smirlar ruhiyatini chuqur o£rgangan ye­
takchi psixologlardan biri. Respublikamizda professor M.G.Dav- 
letshin tomonidan psixologiya fanining turli masalalari bo£yicha 
250ga yaqin ilmiy ish chop etilgan. Ustoz tomonidan qoldirilgan 
eng yirik monografiya va o£quv qo£llanmalar sirasiga «Qobiliyatlar 
va uning diagnostikasi» (1979), «Yosh va pedagogik psixologiya»
342


(1974), «Zamonaviy maktab o‘qituvchisining psixologiyasi» (1999), 
«Umumiy psixologiya» (2001), «Yosh va pedagogik psixologiya»1 
(2004) va boshqalarni kiritish mumkin. M.G.Davletshin 1957- 
yil «5—7 sinf o‘quvchilarida texnik qiziqishlarni shakllantirish» 
mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. Olim 1971-yil 
« 0 ‘quvchilarda texnik qobiliyatlarning psixologiyasi» mavzusidagi 
doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli yoqlagan.
Professor M.G.Davletshin mehnat ta’limi va kasbga yollash 
muammolariga, texnik qiziqish va texnik qobiliyatlarni shakl- 
lantirishning psixologik xususiyatlariga, respublikamizdagi peda- 
gogika oliy o‘quv yurtlari va universitetlarida o‘qituvchi kadrlar 
tayyorlash samaradorligini oshirish muammolariga ko‘p e’tibor 
beradi. M.G.Davletshinning ilmiy qiziqishlari asosan oliy mak- 
tablarda psixologiyani o‘qitish samaradorligini oshirish muam­
molariga qaratilgan edi.
M.V.Vohidov rahbarligida M.Dadajonov tomonidan «5-sinf 
o‘quvchilarida geografik kartani o‘rganish jarayonida fazoviy 
tasavvurlarning shakllanishi» nomli tadqiqotida aniqlanishi- 
cha, geografik kartani o‘zlashtirishning mustahkamligi undagi 
obyektlarning joylashishi haqida o‘quvchi ongida fazoviy tasav­
vurlar tizimining vujudga kelishiga bogliq2. Bu tizim rivojlanib, 
o‘z ichiga murakkab assotsiatsiyalarni jalb qiladi.

Yüklə 12,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   240




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin