Bir yosh davrining (bolalarda ehtiyoj va motivlar ko‘proq
shakllanadi) ikkinchi boshqa yosh davri bilan (bolalarda u yoki
bu faoliyatning aniq operatsiyalari shakllanadi) qonuniyatli al-
mashinuvi sodir bo'ladi. Misol uchun, go'daklikda kattalar bi
lan emotsional muloqotga, predmetli
olamni egallash va ish-
bilarmon — hamkorlik ehtiyojlari va motivlari yuzaga keladi,
ular muvofiq keluvchi operatsiyalar shakllanganda, ilk yosh-
da, predmetli faoliyatda amalga oshadi. Biroq,
maktabgacha
tarbiya yoshida o‘yin faoliyatida keyingi kichik maktab yoshi-
da yetakchi bo'ladigan faoliyatning ehtiyoj va motivlari ko'proq
rivojlanadi. Shuning uchun ikki ma’lum bir turdagi yoshlar
bir-biri bilan o‘zaro bog'langandek va bu «bog'lanish» (yoki
D.B.Elkonin so'zlari bilan aytganda «era») butun bolalik da
vomida amalga oshadi (yoki davriy takrorlanadi). Shunday
qilib, D.B.Elkonin oriyentatsiyaning
ilgarilab rivojlanish qonu-
niyati bajaruvchi qismiga nisbatan faqatgina funksional emas,
balki psixikaning yosh davriga bogliq rivojlanishida ham ta’sir
ko'rsatadi, deb taxmin qiladi: bolaning rivojlanish jarayoni-
da avval faoliyatning motivatsion, so'ngra
operatsional texnik
tomonlarini egallash sodir bo'ladi. D.B.Elkonin nuqtayi na-
zariga ko'ra, faoliyatning motivatsion va operatsion tomonla
rini rivojlanish darajalari o'rtasida doimiy ravishda uzilish yu
zaga keladi, biri oldinga chiqib boshqasidan o'zib ketadi hamda
orqada qolgan tomon rivojlanishning zarur darajasiga yetishi
uchun faoliyatni o'zgartirishi zarur.
Rivojlanishni harakatlan-
tiruvchi kuchlar bola tomonidan faoliyatning predmetli va m o
tivatsion tomonlarini egallash jarayonida shakllanadigan qara-
ma-qarshilik (ziddiyat) bilan bog'liq. D.B.Elkonin tomonidan
shakllantirilgan, bolaning psixik rivojlanishidagi davriylik fara-
zi L.S.Vigotskiyning g'oyalarini
ijodiy rivojlantiradi, u bola-
da nafaqat bilish, balki shaxsning motivatsion — ehtiyoj soha-
si
ham shakllanishini, bola tomonidan insonlar va predmetlar
olamini o'zlashtirilishini tushuntirib, psixik rivojlanishda o'z-
o'zini rivojlantirish mexanizmini ochib berdi.
Dostları ilə paylaş: