sida nutq, muloqoti emas, balki subyektning bevosita amaliy faoli
yati yetishini ko‘rsatganlar. Insonning psixik rivojlanishida faoli-
yatning ahamiyati haqidagi tezis psixik taraqqiyot determinatsiya
muammosini yangicha tahlil qilishga
hamda rivojlanishning ikki
omili talqin izoh chegarasini irsiy va muhit bartaraf etish imkonini
berdi. Rus psixologlari ishida, ijimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtiri-
shi bolaning faqat faol faoliyatidagina sodir bolishi ko'rsatilgan.
Faoliyat tushunchasining kiritilishi rivojlanish subyekti faolligiga
urg‘u beradi, rivojlanish muammosini subyektning o‘ziga qaratadi.
L.F.Obuxova xulosasiga ko‘ra rivojlanish jarayoni bu subyektning
harakati bolib, predmetlardagi uning faoliyati tufayli amalga osha-
di, irsiylik va muloqot omillari esa shaxsning
individual betakror-
ligiga bogliq bolgan, zarur shart-sharoitlar hisoblanadi. Bu yerdan
rivojlanishni harakatlantiruvchi kuchlar kategoriyasi tushunchasi
yangicha izoh talqin oldi, uning
asosida bolaning faoliyati, faoli-
yatni amalga oshirishda atrof-muhit olam bilan o‘zaro aloqa, faoli
yat ichidagi qarama-qarshilikni tushuna boshlaganlar D.B.Elkonin
rivojlanishning asosiy prinsipial yolini ushbu yosh davriga muvofiq
tarzda bolalar faoliyatini tashkillashtirishni e’tirof etib, o‘rgatish-
ning, o‘qitishning yetakchi roli haqidagi g‘oyani chuqurlashtirdi.
Psixik rivojlanishning muhim sharti bolaning kattalar bilan mu
loqoti hisoblanadi. Kattalar va bolalar muloqotini rivojlantirish
muammosi M.I.Lisina va uning hamkasblari
diqqat markazida
bolgan. Bola hayotining birinchi yetti yilligi davomida bu jara-
yonlardagi bir qancha bosqichlar, shuningdek,
ularning shakllan-
ganlik mezonlari hamda u yoki bu muloqot bosqichi bilan bevosi
ta bogliq bolgan intellekt va shaxs tuzilishidagi yangi tuzilmalar
ajratilgan edi. Tadqiqot natijalari har bir yosh bosqichida kattalar
bilan muloqot o‘zining maxsus funksiyasini bajarishi haqida dalo-
lat bermoqda. Kattalar bilan bolgan
muloqotda boshqa odamlar
bilan va ularga nisbatan emotsional munosabatga ehtiyoj shaklla
nadi, psixik jarayonlar rivojlanadi, vositali xarakterdagi predmet-
li harakatlarni egallash sodir boladi. Kattalar va bolalarning o‘za-
ro aloqa shakllari shakllanish yolini bosib oladi.
Dostları ilə paylaş: