A njum andagilarning ham m asi beixtiyor «Oh!» deb yuboribdilar.
«N im a b o ‘larkin endi?» - degan savol bilan Sultonga qarashibdi. Lekin
Boyqaro kayfiyatidagi sam im iyat aslo y o ‘qolmabdi. U jilm ayganicha
sochiq
bilan liboslarini artib, yiqilgan xizm atkorga: « B o‘tam, tur
o ‘rningdan, k o ‘zingga qarab yursang boMardi. Bora qol, kiyim laringni
alm ashtirib ol, - debdi m ehribonlik bilan. Sultondan bunday olijanob-
likni kutm agan kishilar hayrat bilan Xusaynga boqishibdi. Shunda
m ehm onlardan biri o ‘z hissiyotini yashirolm ay: «Ey, saxovatli Xusayn!
Shu lahzadagi olijanobligingiz ham m am izni maftun etdi. B oshqa sulton
bo‘lganida gunohkorni o ‘limga buyurishi hech gap emas edi», - debdi.
Tavba! - debdi Xusayn Boyqaro yengil jilm ayib.
- Ul xizm at-
korim iz falokat bosib yiqilib tushganidayoq hijolatdan o ‘lib bo ‘lganku!
N echuk endi biz o 'lg an odam ni yana oMimga buyurar ekanmiz.
M ehm onlar X usaynning olijanobligi-yu, donishm andligiga tahsinlar
o ‘qibdi. Zero, «Gunohni yashirgan kishilar marddir, zulm kor johillik
bedavo darddir,» - deb xulosa qilishibdi.
Xalq pedagogikasi m anbalaridan biri bo'lgan diniy ta ’lim otlarda
ham xalqim izga xos insoniy fazilatlar o ‘z aksini topgan,
yosh avlodni
fozil, oqil va barkamol qilib tarbiyalash m asalalari keng yoritilgan.
M asalan, H azrat X oja Bahouddin Naqshbandning insonlarga bergan
ta ’limoti sakkiz fasldan iborat b o ‘lib, ular:
1. X ush har dam - doim o hushyor va ogoh bo ‘lmoq.
2. N azar va qadam - yurgan y o ‘lni bilib bosmoq.
3. Safar dar Vatan - Vatanni kezib ko'rm oq va uni sevmoq.
4. X ilvat dar anjum an - ham m a jo y d a o'zlikni anglam oq.
5. Yodkard - iym on-e’tiqodni doim o dilda saqlamoq.
6. Bozgasht - yom on fikrlarni dildan, hayoldan quvmoq.
7. N igohdasht - hayolu-fikrlam i so f saqlamoq.
8. Y o d d o s h t- Haq taoloni ham isha yodda tutm oqdan iboratdir.
Dono xalqim izning ta ’kidlashicha, quyidagi sakkiz xil kishining
suhbatini g ‘anim at bilm oq kerak: birinchisi - yaxshilikni biladigan, haq-
huquqni ado qiladigan; ikkinchisi - m ehru-m uhabbati
zam onaning har
qanday hodisalari ostida ham o'zgarm aydigan; uchinchisi - ulug‘ kishi-
larni tarbiya qilgan arboblarga izzat va hurm at ko‘rsatadigan; to ‘rtinchisi
-
fisqu-fujurdan,
y o lg ‘ondan,
takabburlikdan
parhez
qiladigan;
beshinchisi - g 'a zab paytida o ‘zini q o ‘lga oladigan; oltinchisi - saxovat
bayrog‘ini k o ‘tarib, bechoralar hojatini chiqaradigan; yettinchisi -
sharm u-hayoni o 'z ig a
qurol qilib olib, har qanday holatda ham odob
chegarasidan tashqariga chiqm aydigan; sakkizinchisi - olim va dono
114
kishilar bilan d o ‘stlik aloqalarini o ‘rnatib, fisqu-fiijur ahlidan qocha-
digan kishidir.
Suhbatidan qochish lozim boMgan sakkiz kishidan birinchisi - tuz
xaqini bilm aydigan va tuzligMngga tupuradigan,
ikkinchisi - besabab
g ‘azablanadigan va g ‘azabini bosolm aydigan; uchinchisi - uzoq umri
bilan m ag‘rurlanadigan, o ‘zini oddiy axloq qonun-qoidalaridan ozod deb
hisoblab, k o ‘ngliga yoqadigan ishlarni qilaveradigan; to ‘rtinchisi - har
bir ishni m akru-hivla bilan ado qiladigan va bu y o ‘lni to ‘g ‘ri deb
tushunadigan; beshinchisi - y o lg ‘on
va xiyonatni shior qilib olib, rostlik
va vijdonlilikni tan olm aydigan; oltinchisi - nafs k o 'y ig a tushib, hoyu-
havasni maqsad qiblasi deb tushunadigan; yettinchisi - besharm, behayo
b o ‘lib, sho‘rlik va beodoblik bilan kun o ‘tkazadigan; sakkizinchisi -
hech qanday sababsiz yaxshi odam lar haqida yom on o ‘ylaydigan va
hech qanday hujjatsiz ilmu donish arboblariga
tuhmat toshini otadigan
kishidir (D onolar bisotidan.).51
N utq m adaniyati, m uloqot odobi, go‘zal va ta ’sirli so'zlash Sharqda,
xususan, o ‘zbeklarda tarbiyalanganlikning, m a’rifatlilikning, ziyolilik-
ning asosiy belgilaridan biri hisoblangan. Shu bois ham xalqim iz
so ‘zlashish odobi m asalalariga katta e ’tibor qaratgan. Jum ladan,
Dostları ilə paylaş: