44
so‘ra…, men yo‘q edim. 7. Oldinlari sizni har doim shu vaqtda bekatda
ko‘r… 8. Kechirasiz, siz kecha meni so‘ra…… (menga aytishdi). 9. Xonaga
kirganimda, u o‘qituvchidan javob so‘r…. 10. O‘qituvchining aytishicha, u
ertaga bu mavzuni hammadan so‘r...
3-mashq.
Matnni o‘qib, sarlavha qo‘ying. Lug‘at yordamida tarjima
qiling. Matnni birovdan eshitgan hikoya sifatida so‘zlab bering.
Temurbek o‘z xotiralarida yoshlik yillarida boshidan kechirgan
voqealarni hikoya qilar ekan, siz buni nasrda yozilgan qahramonlik
dostonidek ta’sirlanib o‘qiysiz. Amir Temur yigirma olti yoshida, ya’ni 1362
– yili Samarqandda mo‘g‘ul bosqinchilariga qarshi kurash bayrog‘ini ko‘tarib
chiqqanda, hali ko‘pchilik odamlar xalq ozodlik harakatiga tayyor emas edi.
Shafqatsiz mo‘gul qo‘shinlariga qarshi jang maydoniga chiquvchilar juda
kam edi. Amir Temur oltmish yigiti bilan Tug‘luq Temurxonning o‘ttiz ming
kishilik lashkariga bas kelolmasligini sezib, tog‘larda yashirinib yuradi, keyin
Xorazmga borib panoh topmoqchi bo‘ladi. Ammo mo‘g‘ul xoni Amir
Temurni o‘ldirganlarga yoki tirik tutib berganlarga katta mukofotlar va’da
qilgan edi
.
Shu mukofotdan umidvor bo‘lgan xivalik Tavakkal degan bek
Qoraqum sahrosida Amir Temurga qarshi ming kishilik qo‘shin bilan jang
qiladi. Bu jangda Amir Temur qahramonlik ko‘rsatib, ko‘p sonli g‘animni
(dushmanni) yengadi. Lekin uning o‘ntagina odami tirik qoladi. Shulardan
yettitasi otliq. Qolgan otlar ham jang maydonida halok bo‘lgan.
Amir Temurning yoshgina rafiqasi O‘ljay Turkon ham safarda birga
ekan. Amir Temur otiga rafiqasini mindirib, o‘zi piyoda qum barxanlarni
oshib janubga – Xuroson tomonga yo‘l oladi.
Moxon degan joyda, qadimgi Marv shahri yaqinida ularni Alibek
Jonqurboniy degan bir hokim o‘z navkarlariga tuttirib, burgaxona bo‘lgan
uyga qamab qo‘yadi. Amir Temur bunday adolatsizlikka ko‘nikib bo‘yin
egadigan odam emas edi.
“Tutqunlikdan qutulish chorasini izlab, o‘z-o‘zim bilan kengashdim, –
deyiladi “Temur tuzuklari”da. – Tangrining inoyati bilan, bahodirligim tutdi.
Bor kuchim va chapdastligimni ishga solib, soqchilardan birining qo‘lidagi
qilichini tortib oldim. Soqchilarga hamla qilgan edim, barisi qo‘rqib qochdi.
Qilich ko‘targancha to‘g‘ri Alibekning ustiga bostirib bordim. Qilich
tutganimni (ushlaganimni) ko‘rib qo‘rqdi. Qilgan nomunosib ishidan
pushaymon bo‘lib, mendan uzr so‘radi”.
(Pirimqul Qodirovdan)
Dostları ilə paylaş: