Microsoft Word Норматова Шоира darslik 11. 02 2015. doc



Yüklə 1,17 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə90/123
tarix20.09.2023
ölçüsü1,17 Mb.
#146087
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123
Ozbek-tili.-Darslik.-Sh.Normatova-M.Abduraxmonova.-2014

 
 
 

 O`tilganlar yuzasidan topshiriqlar



140
6 B 
Tayanch so‘z va iboralar:
 
viloyat markazi, charaqlab turmoq, 
boshqaruv, iqtisodiy va madaniy markaz, savdo markazi, temuriylar saltanati, 
tarixiy va madaniy qiymati, tarixiy va madaniy yodgorliklar, saqlash, e’tibor 
qaratmoq, bir qator, xalqaro tashkilotlar, keng ko‘lamli, chorlamoq, konlar, 
yirik sanoat markazlari. 

Matnni o‘qing 
SAMARQAND VILOYATI 
Samarqand viloyati O‘zbekiston 
Respublikasining markazida, Zarafshon 
vodiysida joylashgan bo‘lib, shimoli-
sharqda Jizzax viloyati, sharqda 
Tojikiston Respublikasi, janubda 
Qashqadaryo viloyati, g‘arbda va 
shimoli-g‘arbda Navoiy viloyati bilan 
chegaradosh.
Viloyatning katta shaharlari: 
Samarqand, Kattaqo‘rg‘on, Urgut, Oqtosh, Bulung‘ur, Juma, Jomboy, 
Chelak, Ishtixon.
Viloyatning iqlimi keskin kontinental, yilning 300 ga yaqin kunida 
quyosh charaqlab turadi, yoz kunlarining uzunligi 15 soatgacha yetadi.
Viloyatning boshqaruv, iqtisodiy va madaniy markazi bo‘lgan 
Samarqand shahri eramizdan avvalgi VIII asrda tashkil topgan. Samarqand 
shahri O‘zbekistonda ikkinchi yirik shahar hisoblanadi. Shahar asrlar 
davomida Buyuk Ipak yo‘lining yirik savdo markazi sifatida tilga olingan.
XIV asrdan boshlab XV asrlargacha bu shahar temuriylar saltanatining 
poytaxti vazifasini o‘tagan va o‘sha davrlarda yirik ilm-fan va madaniyat 
markaziga aylangan.
Samarqandning tarixiy va madaniy qiymatini hisobga olib, O‘zbekiston 
hukumati ushbu qadimiy va hamisha navqiron shaharning tarixiy va madaniy 
yodgorliklarini saqlashga alohida e’tibor qaratmoqda.
Xususan, 2007-yilda YUNESKO boshchiligidagi bir qator xalqaro 
tashkilotlar bilan birgalikda nishonlangan Samarqand shahrining 2750 yilligi 
oldidan Shohi Zinda majmui, Hazrati Xizr masjidini qayta tiklash bo‘yicha 
keng ko‘lamli ishlar olib borildi.
Samarqand shahrida 1997 – yildan buyon har ikki yilda bir marta 
o‘tkazib kelinadigan "Sharq taronalari" Xalqaro musiqa festivali dunyoning 


141
barcha burchaklaridan yuzlab Sharq musiqasi sozandalari va ixlosmandlarini 
o‘z bag‘riga chorlaydi.
Samarqand viloyati tabiiy boyliklarga boy. Viloyat hududida, xususan, 
volfram, mis, ohak, marmar, gips, keramzit, aluminiy, granit va boshqa 
konlar mavjud.
Viloyat O‘zbekistonning yirik sanoat markazlaridan biri hisoblanadi. 
Viloyatda "Samarqand avtomobil zavodi", “8-Mart” mas'uliyati cheklangan 
jamiyati, "JV MAN AVTO", "BAT O‘zbekiston", “Daka Teks”, "Sam-
Antep-Gilam", “Praga-Pivo”, “Agromir Samarkand” qo‘shma korxonalari, 
"Samarqandlift", "Sino", "Samarqandkimyo" aksionerlik jamiyatlari kabi 
ko‘plab mamlakat ahamiyatiga molik sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.

Yüklə 1,17 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin