136
miqdor-daraja
– harakatning bajarilish darajasi va miqdorini bildiradi:
picha, xiyol, ozgina, ko‘p, mo‘l, ancha, juda, o‘ta, sira;
maqsad
– harakatning maqsadini bildiradi
:
ataylab, jo‘rttaga, qasddan;
sabab
– harakatning bajarilishi sababini bildiradi: noilojlikdan,
chorasizlikdan, majburan.
Grammatik mavzu bo‘yicha mashqlar
1-mashq.
Quyidagi ravishlar ishtirokida gap tuzing
.
jindek, sal, sira, yaxshilab, yana, birdan, to‘satdan, asosan, qisman,
zo‘rg‘a, ataylab, jo‘rttaga, qasddan,
har safar, endi, italyancha.
2-mashq.
Nuqtalar o‘rniga kerakli so‘zlarni qo‘ying:
tubi, piyoda, o‘ta, sal, atrofda, sira, yonida, yaqinda, tez, sekin, yaxshi,
ko‘p, hozir.
1. Universitet uyimga juda yaqin, shuning uchun har kuni darsga ……
boraman. 2. Bu yaxshiligingizni.... unutmayman. 3. Test savollari....qiyin
ekan, men juda past ball yig‘dim. 4. Bu shim menga….katta ekan,
kichkinarog‘i bormi? 5. Bu ……biror kafe yoki oshxona bormi? 6. Dengiz
suvi
juda tiniq edi, shu sababli uning …..dagi toshlarni va baliqlarni bemalol
ko‘rish mumkin edi.
Kichik matn. Matnni o‘qing va tarjima qiling
JALOLIDDIN MANGUBERDI
Jaloliddin Manguberdi so‘nggi Xorazmshoh edi. Tarixiy manbalarda
aytilishicha, u o‘rta bo‘yli, to‘ladan kelgan, bug‘doyrang kishi bo‘lgan.
Tashqi ko‘rinishidan haqiqiy turky edi. Turkiycha so‘lashar edi. Biroq
forschani ham juda yaxhi bilar edi. Tabiatan bosiq kishi edi. Kamgap,
jiddiy
va mag‘rur edi. U hech qachon kulmas, kulimsirar, oz gapirar edi.
Jaloliddin tashkilotchiligi va qahramonligi sababli tarixda sira o‘chmas
nom qoldirdi. Chunki u mo‘g‘ul bosqinchilariga
qarshi kurashdi va Iroq,
G‘arbiy Eron va Ozarbayjonda yangi bir hokimiyat yaratdi.
Jaloliddin otasining vafotidan keyin taxtga o‘tirgan. Chingizxon hujum
qilgach, unga qarshi kurashishga kuchi yetmagan va 300 ta odami bilan
vatani Xorazmni tashlab ketgan. Uning 11 yillik hayoti janglarda o‘tdi.
Uning qahramonliklari haqida ko‘p ma’lumotlar bor.
Eng katta va xavfli
dushmani Chingizxon uning jasurligiga tan bergan. Sind daryosi bo‘yidagi
jangda Jaloliddin yengiladi va daryoni kechib Hindistonga o‘tadi. Bu jangda
Jaloliddinning 7 yoshli o‘g‘li Chingizxonga asir tushadi va vahshiylarcha
137
o‘ldiriladi. Shundan keyin Jaloliddin hamma xotinlarini
va hatto onasini ham
mo‘g‘ullarga asir tushmasligi uchun Sind daryosiga cho‘ktiradi. Buni ko‘rgan
Chingizxon o‘z hayratini yashira olmay: “Bir otaning ana shunday o‘g‘li
bo‘lishi lozimi”, – deydi.
(“Tafakkur” jurnalidan)
Dostları ilə paylaş: