1) Tuproqning tabiiy unumdorligi uning paydo bo’lishida uzoq davom etadigan
jarayonlar natijasida vujudga keladi.
U tuproqning fizik, ximik va biologik
xossalarida iqlim sharoitlari bilan belgilanadi. Tabiiy unumdorlik ob’ektiv
xususiyatdir. U aksariyat ya’ni potensial unumdorlik holatida bo’lib, qishloq
xo’jaligida ishlab chiqarishda yerdan foydalangan vaqtdagina samarali natija
byeradi.
Yerning o’ziga xos xususiyatlari quyidagilarda ifodalanadi:
a)Yerni ishlab chiqarish vositasi sifatida ishlab chiqarish vositasi bilan almashtirib
bo’lmaydi.
b) yerdan to’g’ri foydalanisa,
u hech qachon eskirmaydi, aksincha, yerga qancha
yaxshi ishlov byerilsa, yer yaxshilanib boradi, hajmi ko’payib boradi.
v) yer insoniyatni barcha avlodalari uchun abadiy ishlab chiqarish vositasidir.
g) yer-tabiat mahsuli
d) yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirib bo’lmaydi.
e) yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xoxlaganda ko’paytirish imkoniga ega
emas. Demak, yagona to’g’ri yo’l – mavjud
yer resurslaridan samarali
foydalanishdir.
Lekin, sanoatning o’sishi, kommunikasiyaning o’sishi aholining ko’payishini
tabiiy holda birikishiga to’g’ri keladigan yer maydonining qisqarishiga olib keladi.
Ayrim hollarda esa insoniyat yerdan to’g’ri foydalanmasligi oqibatida yerning
ketishiga ham olib keladi.
Taraqqiyotning tuproq yeroziyasi sho’r bosish kabi salbiy oqibatlarni kamaytirish
uchun har bir davlatning va yerdan foydalanuvchilarinng muhim vazifasidir.
Ta’kidlab o’tilganldarning barchasi mavjud yerlardan qaysi turlarini joylashtirish
turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmini qanday bo’lsin
maqsadga muvofiqligi inkor yetib bo’lmaydigan talablarni keltirib chiqarar.
Yerning jamiyatdagi ahamiyati nihoyatda beqiyosidir,
unda aholi yashash uchun
binolar, uy-joylar quriladi. Xalq xo’jaligi uchun inshootlar, korxona, muassasa,
o’quv binolari, ilmiy-ishlab chiqarish tashkilotlari lar quriladi.
Dostları ilə paylaş: