Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo`llari
Yerdan va suv samarali, oqilona foydalanish kelajak talab qilayotgan
zaruratdir. Yer va suv resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish
quyidagi yo`nalishlarda amalga oshiriladi:
Eng avvalo, qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining
talabi va imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim. Masalan,
suv resurslari cheklangan regionlarda sholi ishlab chiqarishni joylashtirish
maqsadga muvofiq emas. Katta miqdordagi suvni talab qiladigan ekinlarni
sho`rlangan yerlarga joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab
bo`ladi. Albatta, mamlakat oziq – ovqat havfsizligini ta`minlash, mavjud
resurslardan oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni
ishlab chiqarish va bunda aholining ehtiyojini unitmaslik talab qilanadi.
Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan
ishlab chiqarishni tashkil etish ma`lum salbiy oqibatlaga olib kelishi
mumkin. Masalan, kuchli sho`rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini
joylashtirish yerning unumdorligini pasaytiradi, sho`rlanishni yanada
kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu
holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo`jaligi
maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo`lishi
mumkin. Chunki kuzga donli ekilgan maydonlarda sho`r yuvish ishlarini
amalga oshirib bo`lmaydi. Ma`lumotlarga qaraganda 2004 yilda
Respublikada mavjud qishloq xo`jaligi yerlarining 47,2 foizi sho`rlanmagan,
17,2 foizi o`rtacha sho`rlangan va 4,2 foizi kuchli sho`rlangan. O`zbekiston
qishloq xo`jaligi yerlari meliorativ holatiga ko`ra, 38 foizi yaxshi, 53,4 foizi
qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati yomon yerlardir. Bu holat
yomonlashib ketishining oldini olish kerak.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o`tishi umumiy holda yer
tranformatsiyasi deyiladi. Yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning
yaxshi yerlar safiga o`tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga
o`tishi) bo`ladi. Imkon boricha salbiy yer transformatsiyasiga yo`l qo`ymaslik
lozim. Yer islohotlarini to`g`ri o`tkazish ham yer va suvdan foydalanish
samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki yerda ishlash
tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo`jaliklarga berilishi kerak. Bu borada yerdan
olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to`g`ri hal etish talab qilinadi.
Aks holda yer va suvdan samarali foydalanib bo`lmaydi.
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni
oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta`minlashdir.
Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyani buzmasdan bajarish,
melioratsiya va irrigatsiya tadbirlarini o`z vaqtida samarali o`tkazish qishloq
xo`jaligi ishlab chiqarishi, yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan
muhim omillardan biri hisoblanadi.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko`p jihatdan ilg`or
texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog`liq. Masalan, suvdan
foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg`ir usulida sug`orishda
oddiy bostirib sug`orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv resurslari
cheklangan holda bu texnologiyalarning ahamiyati keskin oshadi.
O`zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo`lib, hozirda
foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi.
Qolgan qismi Qirg`iziston va tojikiston davlatlari hududidan keladi.
O`zbekistonda 50 daryo bo`lib, shulardan faqat 10tasigina 150km uzunlikda.
Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi
156 ming km.ni tashkil etadi. Ana shu irrigatsiya tizimidan samarali
foydalanish mamlakatda yer resurslaridan foydalanishning samaradorligini
oshiradigan omillardan biridir.
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va
bug`doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish bunga misol
bo`la oladi.
Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni
rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy
ta`sir etadi.
Qishloq xo`jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham
juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln.
gektari shamol, 0,7 mln gektari suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1
mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari suv
erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli
salbiy ta`sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy vazifalardan biridir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
Dostları ilə paylaş: |