3. Qishloq xo’jaligida yer-suv fondlaridan foydalanish darajasi va
samaradorligini ifodalovchi ko’rsatkichlar
O’zbekistonda barcha yerlar davlat yer fondini tashkil etadi, yer davlat mulki
umumxalq boyligi hisoblanadi.
Yer fondi deyilganda O’zbekistonning viloyat, tuman, dehqon fyermyer jamoa
xo’jaligi, davlat xo’jaligini yer maydoni, ya’ni quruqlikdagi yer maydonlari bilan
suv ostidagi yer maydonlari tushuniladi.
Yer klassifikasiyasi quyidagicha belgilanish, O’zbekistondagi barcha yerlar davlat
yeri bo’lib, uning tarkibiga quyidagi yer kategoriyalari kiradi.
1.
Qishloq xo’jalik yerlari
2.
Maxsus maqsadlar uchun belgilangan yerlar
3.
Shahar yerlari
4.
Davlat o’ralgan
yer fondlari
5.
Davlat zahira yer fondlari
6. Davlat suv fondida band bo’lgan yerlar.
Bularni alohida tavsiflab otish kyerak.
1.
Qishloq xo’jaligi yerlari, bular asosan jamoa, davlat, fyermyer, shirkat
(koopyerativ) dehqon xo’jaligi, yordamchi xo’jaliklar, o’quv tajriba
xo’jaliklarning qishloq xo’jalik mahsulotlari etishtirish maqsadida
foydaladigan yerlardan iborat.
2.
Maxsus maqsadlar
uchun belgilangan yerlar bular, sanoat, transport,
kurortlar, zapovedniklar, ya’ni qO’riqxonalar, zavod va fabrikalar, davlat
muassasalari joylashgan yerlar, tog’ konlari va
boshqa maqsadlarga davlat
ob’ektlari uchun band bo’lgan yerlardan tashkil topgan yerlar.
3.
Shahar yerlari, bular shahar tipidagi posyolkalar qurish maqsadida band
bo’lgan yer massivlaridan tashkil topgan bo’lib, yangi uy-joy, shaharlar
qurilishining yo’nalishi bilan bunday yerlar tyerritoriyasi yildan-yilga
kengayib bormoqda.
4.
Davlat o’rmon yer fondlari. Bunday yerlarga O’zbekistondagi O’rmonlar va
O’rmonchilikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan yerlar kiradi.
5.
Davlat zahira (zapas) yerlari. Bunday yerlar jamoa va davlat xo’jaliklariga,
dehqon, fyermyer, koopyerativ (shirkat) qishloq xo’jaligi
va shunga
O’xshashlarga uzoq muddatli foydalanish uchun ajratib byeriladigan va
yangidan davlat xo’jaliklarini tashkil etish va kO’chib kelganlarni
joylashtirish uchun ajratiladigan, shuningdek tog’ konlari joylaridan iborat.
6.
Davlat suv fondida band bo’lgan yerlar, bularga suv havzalari, kanallar,
daryolar, dengizlar, gidrotexnika va boshqa suv xo’jaligi
inshootlari uchun
band bo’lgan va ularning atrofidagi yerlar kiradi.
Qishloq xo’jaligining rivojlanish jarayonida bir xil yerlar boshqa birxil yerlarga
aylantirilishi mumkin, bunga yerlarning transformastiyasi deyiladi, ya’ni, quruq
yerlarni haydab ekin yerlariga aylantirish yoki chakalakzorlarni kovlab ekin
yerlarga aylantirish va shunga o’xshash yerlar transformastiyasi deyiladi.
Qishloq xo’jalik ehtiyojlariga ishlatiladigan yerlar qishloq xo’jalik yerlari deyiladi,
bularga ekiladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, ko’p
yillik daraxtzorlar, ishga
solinadigan qo’riqlar va o’tloqlar kiradi. Qishloq xo’jaligida foydalanilmaydigan
yerlarga o’rmonlar va chakalakzorlar bilan band bo’lib turgan yerlar, kO’llar,
ariiqlar, zovu ryoki soylar hamda xalq xo’jaligining boshqa sohalarida
foydalaniladigan yerlar kiradi.
Shunday qilib, qishloq xo’jaligida yer fondi asosiy ishlab chiqarish vositasi ekan,
undan samarali foydalanish zarur.
Yer va suv qishloq xo’jaligining eng asosiy ishlab chiqarish vositalari ekan,
ulardan qanday foydalanilganini bilish zarur.
Buning uchun quyidagi
ko’rsatkichlardan ifodalash mumkin:
a) Umumiy yer fondidan foydalanish koeffisienti (foizi). Uning darajasini aniqlash
uchun qishloq xo’jaligida haqiqatda foydalanilgan yer maydonini foydalanish
mumkin bo’lgan yer maydoniga taqsimlash lozim. Buni quyidagi tenglik
yordamida aniqlash mumkin:
YeFK= yoki x100:
Bunda: YeFK - umumiy yer fondidan foydalanish koeffisienti, (foizi);
FE - qishloq xo’jaligida foydalanilgan yer maydoni, ga;
FME - foydalanilishi mumkin bo’lgan yer maydoni, ga.
Bu ko’rsatkich koeffisientda yoki foizda aniqlanishi mumkin. Uni aniqlash
natijasida yerdan foydalanishning to’liqlik darajasi aniqlanadi. Uni haqiqiy
darajasi, ya’ni koeffisienti 1 dan yoki 100 foizdan ortiq bo’lishi mumkin emas. Bu
ko’rsatkichni aniqlash natijasida tarmoqda (xo’jalikda)
qancha yerdan
foydalanilgan va qanchasidan foydalanilmaganligi bilinadi. Shundan so’ng bunday
holning sabablari aniqlanib, ularni bartaraf etish chora-tadbirlari ishlab chiqiladi.
b)
Dostları ilə paylaş: