1.
3. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari
Yerdan va suvdan samarali foydalanish nafaqat Hozirgi kunning hatto kelajakda
xam talab qilinadigan dolzarb va zarurat masaladir.
Yer va suvdan foydalanish darajasini va samaradorligini oshirish yo’llari quyidagi
yo’nalishlarda amalga oshiriladi.
a) qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining tatibidan va
imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish zarur.
Albatta, mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan
yaxshi foydalanilgan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab chiqarish va
aholiningi ehtiyojini inobatga olish kyerak. Lekin shunday bo’lganda, yer va suv
resurslarining holatini hisobga olmasdan ishlab chiqarishni tashkil etish salbiy
oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, kuchli sho’r bosgan yerlarga kuzgi don
ekinlarini joylashtirsak samaradorlikni pasaytiradi. Hozirda O’zbekistondagi jami
sug’oriladigan yerlarning 47.8% sho’rlanmagan, 30.8% kam sho’rlangan, 17.2 %
o’rtacha sho’rlangan va 4.2% kuchli sho’rlangan yerlardir.
Respublikamizdagi qishloq xo’jalik yerlarinig meliorativ holati bo’yicha ularning
38% yaxshi, 53.4% qoniqarli va 8.2% qoniqarsiz ya’ni meliorativ holati yomon
yerlardir.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda yer
tranformastiyasi deyiladi.
Yer transformasiyasi ijobiy va salbiy bo’ladi.
Ijobiy transformasiya – yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga O’tishga imkoni
borichayo’l qO’ymaslik lozim. Yer islohotlarini to’g’ri O’tkazish ham yer va
suvdan foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki
yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo’jaliklarga byerilishi kyerak. Shu
bilan birga, yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini to’g’ri hal etish
talab qilinadi.
Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni
oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ilg’or
texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Masalan, suvdan
foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg’ir usulida sug’orishda oddiy
bostirib sug’orishdan ancha afzaldir.
O’zbekiston Respublikasida suv resurslari juda cheklangan bo’lib, hozirda
foydalanilayotgan suvning 12-13 foizi mamlakat hududida vujudga keladi. Qolgan
qismi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari hududidan keladi. O’zbekistonda 50
daryo bo’lib, shulardan faqat 10 tasigina 150 km uzunlikda. Mamlakatda juda katta
kanal va ariqlar tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi.
Ana shu irrigasiya tizimidan samarali foydalanish mamlakatda yer resurslaridan
foydalanishning samaradorligini oshiradigan omillardan biridir.
Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan
foydalanish samaradorligini oshiradi. Masalan, paxta va bug’doyning tezpishar va
suvga chidamli navlarini joriy etish shular jumlasidandir. Ekologik muhitni
hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer va suv resurslarining
samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi. Qishloq xo’jaligida yaroqli yerlarni
suv va shamol yerroziyasidan asrash ham juda muhim tadbirlardan biridir.
Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln gektari suv
yerroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari
shamol va 3 mln. gektari suv yerroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat
majmuasi iqtisodiyotiga sezilarli salbiy ta’sir etadi.
Yer va suv nafaqat iqtisodiy omil u bir paytning o’zida tabiiy
resurs ham hisolanadi. O’zbekiston Respublikasida yer va suv resurslari
umummilliy
boylik
hisoblanadi.
O’zbekiston
Respublikasi
konstitustiyasining 55-moddasida “Yer, yer osti boyliklari, suv o’simlik va
hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir,
ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”
∗
deb
belgilab qo’yilgan.
O’zbekiston Respublikasi uchun yer va suv resurslaridan samarali
foydalanish juda katta siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ahamiyatga ega.
Tabiiy
resurslarning,
jumladan
yer
va
suvdan
foydalanishning
muhimligi
to’g’risida
to’xtalib
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidenti
I.Karimov “O’zbekiston iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish yo’lida”
asarida
“...
tabiiy
resurslarni
qayta
tiklash
yil
sayin
tabora
qiyinlashib borayotgan paytda biz bu resurslarga ko’proq ehtiyotkorlik
bilan munosabatda bo’lishimiz zarur. Buning uchun iqtisodiy omillardan
kengroq foydalanishimiz, soliqlar orqali hammani tabiiy va xomashyo
resurslaridan eng ko’p naf tegadigan tarzda foydalanishga o’rgatmog’imiz
kyerak”
∗
,- deb ta’kidlagan. Yer va suvdan samarali, oqilona foydalanish
kelajak
talab
qilayotgan
zaruratdir.
O’zbekiston
Respublikasi
Prezidentining 2007 yil 29 oktyabrdagi “Yerlarning meliorativ holatini
yaxshilash tizimini
tubdan
takomillashtirish
chora-tadbirlari
to’g’risida”gi Farmonida qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini barqaror
rivojlantirish,
yerlarning
meliorativ
holatini
yaxshilash
orqali
uning
unumdorligi
va
hosildorligini
oshirish,
meliorastiya
ishlarini
tashkil
qilish
va
moliyalashtirish
mexanizmini
takomillashtirish
vazifalari
aniq-ravshan belgilab
byerildi.
Ushbu
hujjat
asosida
yerlarning
meliorativ holatini yaxshilash bo’yicha maxsus davlat dasturi ishlab
chiqildi va amalga oshirilmoqda. Yer va suv resurslaridan foydalanish
darajasi
va
samarasini
oshirish
quyidagi
yo’nalishlarda
amalga
oshiriladi:
-
Eng avvalo, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer va suv
resurslarining
talabi
va
imkoniyatidan
kelib
chiqqan
holda
joylashtirish
lozim.
Masalan,
suv
resurslari
cheklangan
regionlarda
sholi ishlab chiqarishni joylashtirish maqsadga muvofiq emas. Katta
miqdordagi
suvni
talab
qiladigan
ekinlarni
sho’rlangan
yerlarga
joylashtirish ham samaradorlikni pasayishiga sabab bo’ladi. Albatta,
mamlakat oziq – ovqat xavfsizligini ta’minlash, mavjud resurslardan
oqilona foydalangan holda bozor talab qiladigan mahsulotlarni ishlab
chiqarish
va
bunda
aholining
ehtiyojini
unitmaslik
talab
qilinadi.
Shunga qaramasdan yer va suv resurslarining holatini hisobga olmasdan
ishlab chiqarishni tashkil etish ma’lum salbiy oqibatlaga olib kelishi
mumkin. Masalan, kuchli sho’rlangan yerlarga kuzgi don ekinlarini
joylashtirish
yerning
unumdorligini
pasaytiradi,
sho’rlanishni
yanada
kuchayishiga olib keladi va yerdan foydalanish samradorligi pasayadi. Bu
holatning uzoq davom etishi ushbu yer maydonlarining qishloq xo’jaligi
maqsadlari uchun mutloq yaroqsiz holga kelib qolishiga sababchi bo’lishi
mumkin. Chunki kuzgi donli ekinlar ekilgan maydonlarda sho’r yuvish
ishlarini
amalga oshirib bo’lmaydi. Ma’lumotlarga qaraganda 2004
yilda Respublikada mavjud qishloq xo’jaligi yerlarining 47,2 foizi
sho’rlanmagan, 17,2 foizi o’rtacha sho’rlangan va 4,2 foizi kuchli sho’rlangan.
O’zbekiston qishloq xo’jaligi yerlari meliorativ holatiga ko’ra, 38 foizi
yaxshi, 53,4 foizi qoniqarli va 8,6 foizi qoniqarsiz, meliorativ holati
yomon yerlardir. Bu holat yomonlashib ketishining oldini olish kyerak.
Yerlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda
yer
tranformastiyasi
deyiladi.
Yer
transformastiyasi
ijobiy
(yomon
yerlarning yaxshi yerlar safiga o’tishi) va salbiy (yaxshi yerlarning yomon
yerlar safiga o’tishi) bo’ladi. Imkon boricha salbiy yer transformastiyasiga
yo’l qo’ymaslik lozim. Yer islohotlarini to’g’ri o’tkazish ham yer va suvdan
foydalanish samaradorligini oshiradi. Yer duch kelgan kishiga emas, balki
yerda ishlash tajribasi, bilimi bor kishilarga, xo’jaliklarga byerilishi
kyerak. Bu borada yerdan olingan mahsulotga egalik qilish sharoitlarini
to’g’ri hal etish talab qilinadi. Aks holda yer va suvdan samarali
foydalanib bo’lmaydi.
-
Eng
zarur
omillardan
biri
yer
va
suvdan
foydalanuvchilarning
samaradorlikni oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.
-
Tanlangan
ishlab
chiqarish
turini
texnologiyalarini
buzmasdan
bajarish, meliorastiya va irrigastiya tadbirlarini o’z vaqtida samarali
o’tkazish
qishloq
xo’jaligi
ishlab
chiqarishi,
yerdan
foydalanish
samaradorligini
oshiradigan
muhim
omillardan
biri
hisoblanadi.
Yer va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan
ilg’or texnologiyani ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. Masalan,
suvdan foydalanish samaradorligi tomchilatib yoki yomg’ir usulida
sug’orishda oddiy bostirib sug’orishdigiga nisbatan ancha katta. Suv
resurslari
cheklangan
holda
bu
texnologiyalarning
ahamiyati
keskin
oshadi. O’zbekiston Respublikasi suv resurslari juda cheklangan bo’lib,
hozirda
foydalanilayotgan
suvning
12-13
foizi
mamlakat
hududida
vujudga keladi. Qolgan qismi Qirg’iziston va Tojikiston davlatlari
hududidan keladi. O’zbekistonda 50 daryo bo’lib, shulardan faqat 10
tasigina 150 km uzunlikda. Mamlakatda juda katta kanal va ariqlar
tizimi yaratilgan. Ularning uzunligi 156 ming km.ni tashkil etadi. Ana
shu
irrigastiya tizimidan
samarali
foydalanish
mamlakatda
yer
resurslaridan
foydalanishning
samaradorligini
oshiradigan
omillardan biridir.
- Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv
resurslaridan
foydalanish
samaradorligini
oshiradi.
Ishlab
chiqarishga
paxta va bug’doyning tezpishar, suvga chidamli navlarini joriy etish
bunga misol bo’la oladi.
-
Ekologik
muhit
talablarini
hisobga
olgan
holda
kimyolashtirishni
rivojlantirish ham yer va suv resurslarining samaradorligini oshirishga
ijobiy ta’sir etadi.
- Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol yerroziyasidan asrash
ham juda muhim tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining
2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln. gektari suv yerroziyasiga, shuningdek,
mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 3 mln. gektari
suv yerroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga
156
sezilarli salbiy ta’sir qiladi. Shu sababli yerlarni asrash asosiy
vazifalardan biridir.
-
Yer
va
suvdan
foydalanganlik
uchun
to’lovlar tizimini
takomillashtirib borish maqsadga muvofiq. Hozirda yer banitetiga qarab
o’rnatilgan
soliq
yuklamalarini
ta’sirini
kuchaytirish
choralarini
ko’rish, uni doimiy ravishda takomillashtirib borish talab qilinadi.
Yerdan foydalanuvchi uning unumdorligini, banitetini oshirganligi uchun
rag’batlantirilishini yanada ta’sirini kuchaytirish undan foydalanishga
ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
-
Qishloq
xo’jaligi
ekinlarini
sug’orishning
ilg’or
usullarini
(tomchilatib, yomg’irlatib, qator oralab va x.x.) ishlab chiqarishga joriy etish.
Ilmiy jihatdan asoslangan dehqonchilik sistemasini yuritish yerdan ratsional
foydalanishning asosiy negizidir. Tuproq unumdorligini og`ishmay oshira borish va
kam mehnat, mablag` harajat qilib yuqori hosil olish dehqonchilik sistemasining
asosiy shartidir.
Yer kadastri va yerning sifatini iqtisodiy baholash
Yerning sifati bilan bog`liq ishlab chiqarish vositasi sifatidagi qiyosiy
bahosini, tabiiy - iqtisodiy sharoitini, joylashish o`rnini yer kadastri orqali aniqlash
mumkin.
Yer kadastri yerning tabiiy, xo`jalik va huquqiy ahvoli haqidagi haqiqiy
ma`lumotlar yig`indisidir.
Yer kadastri quyidagilarni:
yerdan foydalanishni davlat ro`yxatidan o`tkazish;
yerlar sifatining tuproqning turi va xili – relyefi, shamol va suv eroziyasiga
uchrashi, ozuqa moddalari bilan ta`minlanganligi, sho`rhokligi va har bir yerdan
foydalanish hamda yerga mulkchilik belgilariga ko`ra hisobga olinishini;
tuproq bonitrovkasi, ya`ni o`simlikshunoslik uchun eng muhim
hisoblanuvchi tuproqni tabiiy hususiyatlariga ko`ra klassifikatsiya qilishni;
yer sifatini ishlab chiqarish vositasi sifatida iqtisodiy baholashni o`z ichiga
oladi.
Yer sifatini iqtisodiy baholash deganda sifati turlicha bo`lgan yerlarning turli
tabiiy – iqtisodiy sharoitlardagi nisbiy foydaliligini aniqlash tushuniladi.
Yerni iqtisodiy baholash, ishlab chiqarish hajmini rejalashtirish, qishloq
xo`jaligi ishlab chiqarishini optimal joylashtirish va zona, viloyat ayrim
korxonalarni ixtisoslashtirish, narxlarni va soliq solishni differensiatsiya qilish,
korxonalar, xo`jalik hisobidagi bo`limlarning xo`jalik faoliyatlari natijalarini
baholash va jamoalarni rag`batlantirish uchun zarurdir.
Yerning sifatini iqtisodiy baholash yalpi mahsulotning qiymati, sof foyda,
asosiy ekinlarning hosildorligi, ozuqa birliklarining chiqishi, har bir gektar yerning
tannarxi va xarajatlari bo`yicha o`tkaziladi.
Yerning nisbiy qiymatini mehnat va ishlab chiqarish vositalari teng
sarflangan asosiy ekinlar hosildorligiga ko`ra aniqlash eng asoslangan hisoblanadi.
Eng yaxshi yerlar 100 ball baholanadi. Xo`jalikning gektaridan eng ko`p
miqdorda mahsulot bergan yerlari mazkur xudud uchun etalon sifatida qabul
qilinadi.
Yerni iqtisodiy baholash uchun quyidagi formula qo`llanadi:
B q YA x 100 : E
bunda:
B – baholanayotgan yer bali;
YA – yalpi mahsulotning bir gektar yer hisobidan olingan qiymati, so`m;
E – yalpi mahsulotning xo`jalikdagi etalon gektar hisobidan olingan qiymati,
so`m.
Yerni baholashda asosiy o`lchov birligi qilib ekilayotgan ekinlarning
hosildorligi qiymat ifodasida qabul qilindi.
9.4.Qishloq xo`jaligida mehnat resurslari
Qishloq xo`jaligining mehnat resurslari qishloq xo`jalik korxonalarining
mavjud mehnatga qobiliyatli aholisidir.
Mehnat resurslariga 16 dan 60 yoshgacha bo`lgan erkaklar va 16 dan 55
yoshgacha bo`lgan xotin - qizlar, shuningdek pensiya yoshidagi xodimlar hamda
o`smirlar kiradi.
Mehnat
resurslaridan
foydalanish
ko`p
sabablarga:
yer
bilan
ta`minlanganlikka, qishloq xo`jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligiga, tabiiy
sharoitga, xo`jalikning ixtisoslashuviga, tarmoqlarning strukturasiga, qishloq
tumanlarida sanoatning rivojlanish darajasi va hokazolarga bog`liq. Qishloq
xo`jaligi ishlab chiqarishida asosan ishga qobiliyatli 16 yoshdan 60 yoshgacha
kishilar mehnat qiladi.
Qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish rejasini muvaffaqiyatli bajarilishi
ish kuchlarining tarmoqlarga to`g`ri biriktirilishiga bog`liq. Qishloq xo`jaligi
korxonalari tajribasi ish kuchlari yetarli bo`lishiga qaramay, ular tarmoqlarga o`z
vaqtida to`g`ri biriktirib qo`yilmasligi natijasida ba`zan ish kuchlari yetishmaslik
hollari sodir bo`lishini, chetdan ishchi yollashaga ham to`g`ri kelganligini ko`rsatdi.
Agar qishloq xo`jaligi korxonalarida o`z ish kuchlaridan to`g`ri foydalanilsa chetdan
ish kuchi yollash u yoqda tursin, aksincha, ish kuchlari ortib, ularni boshqa, yangi
tarmoqlarni rivojlantirishga, qurilishlarga safarbar qilish mumkin. Shuning uchun
qishloq xo`jalik korxonalari yilning boshida o`z ishlab chiqarish tarmoqlarini puxta
o`rganib, ular ishini to`g`ri rejalashtirib, talab qilinadigan ish kuchlarini aniqlashlari
va dehqonchilik, chorvachilik, yordamchi korxonalar, ma`muriy ishlar uchun ish
kuchlarini to`g`ri biriktirishlari, ya`ni mehnat balansi tuzishlari kerak.
Xo`jalik tarmoqlariga ishchi kuchlarini biriktirishda quyidagilarga amal
qilinadi:
Qishloq xo`jalik korxonalarida ma`muriy – xo`jalik apparatida ishlovchi xodimlar
soni xo`jalikning katta kichikligiga qarab, xo`jalik a`zolarining umumiy majlisida
tasdiqlangan shtat jadvaliga asosan belgilanadi;
Qishloq xo`jalik korxonalarida chorvachilik uchun zarur bo`lgan ishchilar
soni molboqarlarga mollarni birkitish bo`yicha qabul qilingan ishlab chiqarish
normativiga asosan ishning hajmiga qarab belgilanadi. Chorvachilik fermer
xo`jaliklarining turlari bo`yicha tuzilgan texnologik kartalardan ish kuchiga bo`lgan
talab yaqqol ko`rsatiladi;
Dostları ilə paylaş: |