Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62
O

51-modda. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish favqulodda jazo chorasi bo‘lib, 
mahkumni maxsus tartibli jazoni ijro etish koloniyasiga joylashtirish orqali 
jamiyatdan muddatsiz ajratib qo‘yishdan iboratdir. 
Umrbod 
ozodlikdan 
mahrum 
qilish 
jazosi 
faqat 
javobgarlikni 
og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) 
va terrorizm (155-moddaning uchinchi qismi) uchun belgilanadi. 
Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi ayolga, o‘n sakkiz yoshga 
to‘lmasdan jinoyat sodir etgan shaxsga va oltmish yoshdan oshgan erkakka nisbatan 
tayinlanishi mumkin emas. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat-ijroiya 
kodeksining V 
bo‘limi (“Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni ijro etish”). 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori. 
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-
son, 248-modda) 
52-modda. Harbiy yoki maxsus unvondan mahrum qilish 
Harbiy yoki maxsus unvonga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat 
uchun hukm qilinganida sud hukmi bilan mazkur unvondan mahrum qilinishi 
mumkin. 
Oliy harbiy yoki maxsus unvonga yoxud O‘zbekiston Respublikasining 
davlat mukofotiga ega bo‘lgan shaxs og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm 
qilinganida sudning hukm asosida kiritadigan taqdimnomasiga binoan mazkur 
unvon yoki mukofotdan mahrum qilinishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 531-
moddasining yettinchi 
qismi, 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Jinoyat-ijroiya 
kodeksining 161-moddasi, 
O‘zbekiston Respublikasining “Umumiy harbiy 
majburiyat va harbiy xizmat to‘g‘risida”gi Qonuni 9-moddasining o‘ninchi qismi, 
O‘zbekiston Respublikasining “Davlat mukofotlari to‘g‘risida”gi Qonunining 21-
moddasi. 
 LexUZ sharhi 


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 41-bandining birinchi, uchinchi 
xatboshisi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
(53-modda O‘zbekiston Respublikasining 2001-yil 29-avgustdagi 254-II-
son Qonuniga asosan chiqarilgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 
165-modda) 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin