Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62
O

56-modda. Jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar 
Quyidagi holatlarda jinoyat sodir etish jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar deb 
topiladi: 
a) homiladorligi aybdorga ayon bo‘lgan ayolga nisbatan; 
b) yosh bola, qariya yoki ojiz ahvoldagi shaxsga nisbatan; 
v) xizmat vazifasi yoki fuqarolik burchini bajarganligi munosabati bilan 
shaxsga yoki uning yaqin qarindoshlariga nisbatan; 
g) aybdorga moddiy tomondan, xizmat jihatidan yoki boshqa jihatdan qaram 
shaxsga nisbatan; 
d) o‘ta shafqatsizlik bilan; 
e) ko‘pchilik uchun xavfli bo‘lgan usulda; 
Oldingi tahrirga qarang. 
j) yosh bola yoki ruhiy holatining buzilganligi aybdorga ayon bo‘lgan 
shaxsdan foydalangan holda; 
(56-modda birinchi qismining “j” bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2019-yil 12-sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) 
z) jinoyat natijasida og‘ir oqibatlarning kelib chiqqanligi; 
i) umumiy ofat sharoitidan foydalangan holda yoki favqulodda holat vaqtida 
yoxud ommaviy tartibsizliklar jarayonida; 
k) g‘arazli yoki boshqacha past niyatlarda; 
l) irqiy yoki milliy dushmanlik yoxud adovat zamirida; 
m) bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirgan holda yoki uyushgan 
guruh yoxud jinoiy uyushma tomonidan; 
n) ilgari ham qasddan jinoyat sodir etgan shaxsning takroran yoki qasddan 
yangi jinoyat sodir etishi; 
Oldingi tahrirga qarang. 
o) mastlik holatida yoki giyovandlik vositalari, ularning analoglari, 
psixotrop yoxud kishining aql-idrokiga ta’sir qiluvchi boshqa moddalar ta’siri ostida 
jinoyat sodir etish. 
(56-moddaning birinchi qismi “o” bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2018-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-503-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari 
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2018-y., 03/18/503/2080-son) 


Sud sodir etilgan jinoyatning xususiyatini e’tiborga olib, ushbu 
moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan holatlarni og‘irlashtiruvchi holat deb 
topmasligi ham mumkin. 
Sud jazo tayinlashda ushbu moddada nazarda tutilmagan holatlarni 
og‘irlashtiruvchi holat deb topishi mumkin emas. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 8-bandi. 
Ushbu holatlar Kodeks Maxsus qismining moddasida jinoyat tarkibining 
zaruriy belgisi sifatida nazarda tutilgan bo‘lsa, jazo tayinlashda hisobga olinmaydi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin