Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62
O

57
2
-modda. Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar 
bo‘yicha jazo tayinlash 
Aybga iqrorlik to‘g‘risida kelishuv tuzilgan jinoyatlar bo‘yicha 
tayinlanadigan 
jazoning 
muddati 
yoki 
miqdori 
ushbu 
Kodeks Maxsus 
qismining tegishli moddasida (qismida) nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning 
yarmidan oshmasligi kerak. 
(57
2
-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 18-fevraldagi O‘RQ-
675-sonli Qonuniga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy 
bazasi, 18.02.2021-y., 03/21/675/0126-son) 
58-modda. Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilikda sodir etilgan 
jinoyatlar uchun jazo tayinlash 
Sud tamom bo‘lmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning 
umumiy asoslariga amal qilgan holda jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat 
amalga oshirilishining darajasini va jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini 
ham hisobga oladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd 
qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus qismining 
tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan 
oshmasligi kerak. Mazkur qoida: 
a) o‘ta xavfli retsidivistlarga, uyushgan guruh yoki jinoiy uyushma 
a’zolariga nisbatan; 
Oldingi tahrirga qarang. 
b) tinchlik va xavfsizlikka qarshi tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun, 
shuningdek quyidagilar bilan: 
javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish bilan; 
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tegish yoki unga 
nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan; 
o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish yoki jinsiy ehtiyojni 
g‘ayritabiiy usulda qondirish bilan; 
voyaga yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik 
mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston 
Respublikasi hududiga olib kirish, xuddi shuningdek uni tayyorlash, tarqatish, 
reklama qilish, namoyish etish yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik 
xususiyatga ega harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etish bilan; 
voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan holda qo‘shmachilik qilish, 
fohishaxonalarni tashkil etish yoki saqlash bilan; 
yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa turdagi ommaviy qirg‘in qurolini, 
bunday qurol yaratishda foydalanish mumkinligi ayon bo‘lgan materiallarni hamda 
uskunalarni, radioaktiv materiallarni kontrabanda qilish bilan bog‘liq bo‘lgan 
jinoyatlar uchun jazolar tayinlashda qo‘llanilmaydi. 


(58-modda ikkinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2023-yil 
11-apreldagi 
O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda 
— 
Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
Tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish 
tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 4-
bandining birinchi xatboshisi. 
(58-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli Qonuni asosida ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — Oliy Majlisi palatalarining 
Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) 
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun jazo tayinlashda sud har qaysi 
aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har 
qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi va 
og‘irlashtiruvchi holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining o‘ziga jazo 
tayinlashda hisobga olinadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: mazkur Kodeks Umumiy qismining VII bobi (“Jinoyatda 
ishtirokchilik”), 55 va 56-moddalari. 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin