XIII bob. Jazodan ozod qilishning turlari 69-modda. Jazoni ijro etish muddati o‘tib ketganligi munosabati bilan jazodan ozod qilish Agar hukm qonuniy kuchga kirgan kundan boshlab:
a) uch yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilingan yoki
ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazoga hukm qilinganda — uch
yil;
b) besh yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilinganda — besh yil;
v) o‘n yildan ortiq bo‘lmagan muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm
qilinganda — o‘n yil;
g) o‘n yildan ortiq muddatga ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganda
— o‘n besh yil ichida ijro etilmagan bo‘lsa, mahkum asosiy va qo‘shimcha
jazolardan ozod qilinadi.
Agar mahkum ushbu moddada nazarda tutilgan jazoni o‘tashdan bo‘yin
tovlasa, jazoni ijro etish muddati ikki baravar ko‘payadi va jazoni o‘tashdan bo‘yin
tovlagan kundan boshlab hisoblanadi, lekin yigirma besh yildan oshmasligi kerak.
Agar shaxs ushbu moddada ko‘rsatilgan muddatlar o‘tmasdan qasddan yangi
jinoyat sodir etsa, muddatlarning o‘tishi uziladi. Bunday holda muddatlarning
o‘tishini hisoblash yangi jinoyat sodir etilgan paytdan qaytadan boshlanadi.
Agar jazo tayinlangan kundan boshlab yigirma besh yil o‘tgan bo‘lsa, jazoni
ijro etish mumkin emas.
Oldingi tahrirga qarang. Umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosiga hukm etilgan shaxsga nisbatan
muddatlar o‘tishini qo‘llash masalasi sud tomonidan hal qilinadi. Agar sud
muddatlar o‘tishini qo‘llashni lozim topmasa, umrbod ozodlikdan mahrum qilish
jazosi ozodlikdan mahrum qilish bilan almashtiriladi.
(69-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11- iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlar ushbu Kodeksning 150 — 157-
moddalarida,
158-moddasining birinchi
qismida,
159-
moddasining uchinchi va to‘rtinchi
qismlarida, 160, 161 va 244
2
-
moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlar uchun hukm qilingan shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
(69-moddaning oltinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 20- iyuldagi O‘RQ-485-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.07.2018-y., 03/18/485/1552-son) LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi uchinchi qismining 2-bandi. LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 8- bandining ikkinchi va uchinchi xatboshilari.