Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə41/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62
O

70-modda. Shaxsning ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotishi 
munosabati bilan uni jazodan ozod qilish 
Jinoyat sodir etgan shaxs agar ish sudda ko‘rilayotgan vaqtgacha sharoit 
o‘zgardi yoki shaxs namunali xulqi, mehnatga yoki o‘qishga halol munosabati bilan 
o‘zini ko‘rsatib, ijtimoiy xavfliligini yo‘qotdi deb e’tirof etilsa, sud uni jazodan ozod 
qilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi 
uchinchi qismining 3-bandi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli 
“Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim 
masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13
1
-bandi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
71-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi 
munosabati bilan jazodan ozod qilish 
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi 
marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, 
jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va keltirilgan zararni bartaraf qilgan 
bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod qilinishi mumkin. 
Boshqa shaxslar bilan birgalikda jinoyat sodir etishda ishtirok qilgan yoki 
uyushgan guruh yoxud jinoiy uyushma a’zosi bo‘lgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga 
olish to‘g‘risida arz qilgan, chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning oldini 
olish, jinoyatni ochish yoki uning tashkilotchilarini yoxud boshqa ishtirokchilarini 
aniqlash va fosh qilishga yordam bergan bo‘lsa, basharti u og‘ir yoki o‘ta og‘ir 
jinoyat sodir etishda bevosita ishtirok etmagan bo‘lsa, sud tomonidan jazodan ozod 
qilinishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 463-moddasi 
uchinchi qismining 6-bandi. 
 LexUZ sharhi 


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli 
“Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim 
masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13
1
-bandi. 
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan 
hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan 
taqdirda sud tomonidan jazodan ozod qilinishi lozim. 
(71-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-
277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda) 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin