Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu moddaning birinchi
qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan
va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan qo‘llanilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun
sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan bir qismini;
Oldingi tahrirga qarang.
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar
u ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan
mahrum etishga hukm
qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida yarmini;
(74-modda uchinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining
2023-yil
23-martdagi
O‘RQ-825-sonli Qonuni tahririda
—
Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
v) o‘ta og‘ir
jinoyati uchun, shuningdek jazodan
muddatidan ilgari shartli
ravishda ozod qilish yoki jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan va
jazoning o‘talmagan qismi mobaynida qasddan sodir etgan yangi jinoyati uchun sud
tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini haqiqatda o‘tab
bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin.
(74-modda uchinchi qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining
2023-yil
23-martdagi
O‘RQ-825-sonli Qonuni tahririda
—
Qonunchilik
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash tariqasidagi jazoning
o‘talmagan qismi axloq tuzatish ishlari bilan almashtirilganda axloq tuzatish ishlari
ozodlikdan mahrum qilish yoki ozodlikni cheklash jazosining o‘talmagan
qismi
muddatiga tayinlanadi.
(74-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-
avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-
modda)
Jazoning o‘talmagan qismini yengilrog‘i bilan almashtirish ushbu
Kodeksning 73-moddasi to‘rtinchi qismida ko‘rsatilgan
shaxslarga nisbatan
qo‘llanilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-
moddasining uchinchi qismi va 164-moddasi.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxslar yengilroq jazoning
tegishli
qismini
o‘tab
bo‘lganlaridan
keyin
ushbu
Kodeksning 73-
moddasida nazarda tutilgan qoidalarga binoan jazodan muddatidan ilgari shartli
ozod qilinishlari mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Jazosi yengilroq jazo bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan qismi
mobaynida yangi jinoyat sodir etsa, sud unga ushbu Kodeksning 60-
moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo tayinlaydi.
(74-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 18-
apreldagi O‘RQ-476-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari
milliy bazasi, 19.04.2018-y., 03/18/476/1087-son)
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-
moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish
turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat
raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari.
Dostları ilə paylaş: