75-modda. Kasallik yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotish oqibatida jazodan ozod qilish Oldingi tahrirga qarang. Hukm chiqarilganidan keyin o‘z harakatlarining ahamiyatini anglay
olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan tarzda ruhiy holatining buzilishi
yuzaga kelgan shaxs, shuningdek jazoni o‘tashga to‘sqinlik qiladigan boshqa og‘ir
kasallikka chalingan shaxs jazoni o‘tashdan ozod qilinishi lozim.
(75-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12- sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) Ushbu moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan shaxslarga nisbatan sud
tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llashi mumkin.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 4-bandi. Bunday
shaxslar
tuzalganidan
keyin,
ushbu
Kodeksning 69-
moddasida nazarda tutilgan va sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari
qo‘llanilgan kundan boshlab hisoblanadigan muddatlar o‘tib ketmagan bo‘lsa, jazo
ijro etiladi.
Intizomiy qismga jo‘natish yoxud xizmat bo‘yicha cheklash jazosiga hukm
qilingan harbiy xizmatchilar, ularning sog‘lig‘i harbiy xizmat uchun yaroqsiz deb
topilgan bo‘lsa, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar. Xizmat bo‘yicha cheklash
jazosiga hukm qilingan harbiy xizmatchi ayollar ularga homiladorlik va tug‘ish
ta’tili berilishi munosabati bilan ham jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.
Oldingi tahrirga qarang. Majburiy jamoat ishlariga yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan
shaxslar jazoni o‘tash vaqtida mehnatga yaroqsiz bo‘lib qolsalar yoxud pensiya
yoshiga yetgan bo‘lsalar, shuningdek ayollar bu turdagi jazoni o‘tayotgan vaqtda
homiladorlik va tug‘ish ta’tiliga chiqsalar, jazoni o‘tashdan ozod qilinadilar.
(75-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29- martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194- modda) LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 534- moddasi, 542-moddasining beshinchi qismi, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat- ijroiya kodeksining 165-moddasi, “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 482 — 484-bandlari va “Og‘ir kasallikka chalingan mahkumlarni tibbiy tekshiruvdan o‘tkazish va ularni kasalligi tufayli jazoni o‘tashdan ozod qilishga taqdim etish” qoidalari (ro‘yxat raqami: 1854, 09.09.2008-y.).