Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62
O

73-modda. Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish 
Oldingi tahrirga qarang. 
Ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat bo‘yicha 
cheklash, ozodlikni cheklash yoki axloq tuzatish ishlariga hukm qilingan shaxslarga 
nisbatan jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilish qo‘llanilishi mumkin. 
Shaxs ijro etilmagan qo‘shimcha jazodan ham ozod qilinishi mumkin. 


(73-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 10-
avgustdagi O‘RQ-389-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2015-y., 32-son, 425-
modda) 
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish ushbu 
moddaning birinchi qismida ko‘rsatilgan jazo turlari uchun o‘rnatilgan tartib-qoida 
talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bo‘lgan mahkumga nisbatan 
qo‘llaniladi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish mahkum: 
a) ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyati uchun 
sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan bir qismini; 
Oldingi tahrirga qarang. 
b) og‘ir jinoyati uchun, shuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uchun, agar 
shaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etishga hukm 
qilingan bo‘lsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uchdan ikki qismini; 
(73-modda uchinchi qismining “b” bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2023-yil 
23-martdagi 
O‘RQ-825-sonli Qonuni tahririda 
— 
Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son) 
Oldingi tahrirga qarang. 
v) o‘ta og‘ir jinoyati uchun, shuningdek jazodan muddatidan ilgari shartli 
ozod qilingan yoki jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan shaxs jazoning o‘talmagan 
qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uchun hukm qilingan bo‘lsa, 
sud tayinlagan jazo muddatining kamida to‘rtdan uch qismini haqiqatda o‘tab 
bo‘lganidan keyin qo‘llanilishi mumkin. 
(73-modda uchinchi qismining “v” bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2023-yil 
23-martdagi 
O‘RQ-825-sonli Qonuni tahririda 
— 
Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 23.03.2023-y., 03/23/825/0164-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536-
moddasi. 
Jazodan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilish: 
Oldingi tahrirga qarang. 
a) umrbod yoki uzoq muddatga ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan 
shaxsga; 
(73-modda to‘rtinchi qismining “a” bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-sonli Qonuni tahririda — Oliy Majlisi palatalarining 
Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) 
b) o‘ta xavfli retsidivistga; 
v) 
uyushgan 
guruh 
yoki 
jinoiy 
uyushmaning 
tashkilotchi 
va 
qatnashuvchilariga; 
Oldingi tahrirga qarang. 
g) javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirganlik, 
o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan jabrlanuvchining nomusiga tekkanlik yoki unga 


nisbatan zo‘rlik ishlatib, jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy usulda qondirganlik, o‘n sakkiz 
yoshga to‘lmagan shaxsni jinsiy aloqada bo‘lish yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy 
usulda qondirish bilan bog‘liq holda jinsiy aloqa qilishga majbur etganlik, o‘n olti 
yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilganlik yoki jinsiy ehtiyojni g‘ayritabiiy 
usulda qondirganlik yoki unga nisbatan uyatsiz-buzuq harakatlar qilganlik, voyaga 
yetmagan shaxs tavsiflangan yoki tasvirlangan pornografik mahsulotni tarqatish, 
reklama qilish, namoyish etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib 
kirganlik, xuddi shuningdek uni tayyorlaganlik, tarqatganlik, reklama qilganlik, 
namoyish etganlik yoxud voyaga yetmagan shaxsni pornografik xususiyatga ega 
harakatlarning ijrochisi sifatida jalb etganlik, voyaga yetmagan shaxsni jalb etgan 
holda qo‘shmachilik qilganlik, fohishaxonalarni tashkil etganlik yoki saqlaganlik, 
O‘zbekiston Respublikasiga, tinchlikka va insoniyat xavfsizligiga qarshi jinoyat 
sodir etganlik, yadroviy, kimyoviy, biologik va boshqa xildagi ommaviy qirg‘in 
qurollarini, shunday qurollarni ishlab chiqarish uchun foydalanish mumkinligi ayon 
bo‘lgan material va uskunalarni, kontrabanda qilganlik uchun hukm qilingan 
shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi. 
(73-modda to‘rtinchi qismining “g” bandi O‘zbekiston Respublikasining 
2023-yil 
11-apreldagi 
O‘RQ-829-sonli Qonuni tahririda 
— 
Qonunchilik 
ma’lumotlari milliy bazasi, 12.04.2023-y., 03/23/829/0208-son) 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 112-
moddasining uchinchi qismi va 164-moddasi. 
Jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ravishda ozod qilinib, jazoning 
o‘talmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan sud 
ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalarga muvofiq jazo 
tayinlaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi ozodlikdan 
mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib 
qoidalari”ning (ro‘yxat raqami: 2495, 29.07.2013-y.) 472 — 480-bandlari. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya 
aktlarini 
qo‘llashning 
ayrim 
masalalari 
to‘g‘risida”gi 
qarori 
15-
bandining to‘rtinchi xatboshisi. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin