67-modda. Kasallik tufayli javobgarlikdan ozod qilish Oldingi tahrirga qarang. Agar jinoyat sodir etgan shaxsda hukm chiqarilguniga qadar o‘z
harakatlarining ahamiyatini anglay olmaydigan yoki ularni boshqara olmaydigan
tarzda ruhiy holatning buzilishi yuzaga kelgan bo‘lsa, u javobgarlikdan ozod
qilinadi.
(67-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 12- sentabrdagi O‘RQ-567-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2019-y., 03/19/567/3737-son) Bunday shaxsga nisbatan sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov
choralari qo‘llanilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84- moddasining uchinchi qismi. Bunday shaxs ushbu Kodeksning 64-moddasida nazarda tutilgan muddatlar
o‘tmasdan tuzalsa, javobgarlikka tortiladi. Bunday holda javobgarlikka tortish
muddatlari sud tomonidan tibbiy yo‘sindagi majburlov chorasi qo‘llanilgan kundan
hisoblanadi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2008-yil 12-dekabrdagi 23-sonli “Ruhiy kasallikka chalingan shaxslarga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori. 68-modda. Amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod qilish Jinoyat sodir etgan shaxs amnistiya akti asosida javobgarlikdan ozod
qilinishi mumkin.
LexUZ sharhi Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi birinchi qismining 2-bandi.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori.