Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62
O

61-modda. Jazolarni qo‘shishning hisoblash qoidalari 
Oldingi tahrirga qarang. 
Har xil turdagi asosiy jazolarni qo‘shganda ozodlikdan mahrum qilishning 
bir kuni: 
a) ozodlikni cheklashning yoki intizomiy qismga jo‘natishning bir kuniga; 
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga; 
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga to‘g‘ri keladi. 


Jarima yoki muayyan huquqdan mahrum qilish tariqasidagi jazo ozodlikdan 
mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, ozodlikni cheklash, xizmat bo‘yicha 
cheklash, axloq tuzatish ishlari, majburiy jamoat ishlari jazosi bilan qo‘shilganda har 
qaysisi alohida ijro etiladi. 
(61-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi 
O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 
62-modda. Ushlab turish, qamoqqa olish yoki uy qamog‘i vaqtini 
hisobga olish qoidalari 
Sud jazo tayinlash chog‘ida ushlab turishning, qamoqqa olishning yoki uy 
qamog‘ining har bir kunini: 
a) ozodlikni cheklashning, intizomiy qismga jo‘natishning, ozodlikdan 
mahrum qilishning bir kuniga; 
b) axloq tuzatish ishlarining yoki xizmat bo‘yicha cheklashning uch kuniga; 
v) majburiy jamoat ishlarining to‘rt soatiga tenglashtirib hisoblaydi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Sud ushlab turilgan, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlangan shaxsga jarima 
tayinlashda ushlab turishning, qamoqda yoki uy qamog‘ida saqlashning bir kunini 
bazaviy hisoblash miqdorining ikkidan bir qismiga tenglashtirib hisobga oladi. 
(62-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3-
dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari 
milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin