57-modda. Yengilroq jazo tayinlash Sud sodir etilgan jinoyatning ijtimoiy xavflilik darajasini jiddiy
kamaytiruvchi holatlarni e’tiborga olib, alohida hollarda ushbu Kodeks Maxsus
qismining moddasida nazarda tutilgan mazkur jinoyat uchun belgilangan jazoning
eng kam qismidan ham kamroq yoki shu moddada nazarda tutilmagan boshqa
yengilroq turdagi jazoni tayinlashi mumkin.
Sud
shu
asoslarni
e’tiborga
olib,
ushbu
Kodeks Maxsus
qismining moddasida qo‘llanilishi shart deb ko‘rsatilgan qo‘shimcha jazoni
tayinlamasligi ham mumkin.
Sodir etilgan qilmish xususiyatlarini ifodalovchi holatlar, ya’ni aybdorning
shaxsi, aybining shakli va darajasi, jinoyat qilish sharoiti va sabablari, shaxsning
jinoyatni sodir qilguncha va undan keyingi xulq-atvori jinoyatning ijtimoiy xavflilik
darajasini jiddiy kamaytiruvchi holatlar deb topilishi mumkin.
LexUZ sharhi Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 37 — 39, 42-bandlari. Oldingi tahrirga qarang. Oldingi tahrirga qarang. 57 1 -modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganida jazo tayinlash (57 1 -moddaning nomi O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda) Ushbu Kodeks 55-moddasi birinchi qismining “a” va “b” bandlarida
nazarda tutilgan jazoni yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan va ushbu Kodeks
56-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan jazoni og‘irlashtiruvchi holatlar
mavjud bo‘lmagan taqdirda jazo muddati yoki miqdori ushbu Kodeks Maxsus
qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning uchdan ikki
qismidan oshmasligi kerak. Mazkur qoida javobgarlikni og‘irlashtiradigan
holatlarda qasddan odam o‘ldirish (97-moddaning ikkinchi qismi) va terrorizm
(155-moddaning uchinchi qismi) bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etgan shaxslarga
tatbiq etilmaydi.
(57 1 -modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 18-maydagi O‘RQ-245- sonli Qonuniga asosan kiritilgan — O‘R QHT, 2010-y., 20-son, 147-modda) Oldingi tahrirga qarang.