Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62
O

65-modda. Qilmish yoki shaxs ijtimoiy xavfliligini yo‘qotganligi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish 
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli 
sodir etilgan qilmish o‘zining ijtimoiy xavfliligini yo‘qotgan deb topilsa, jinoyat 
sodir etgan shaxs javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
Ishni tergov qilish yoki sudda ko‘rish vaqtida sharoit o‘zgarganligi tufayli 
jinoyat sodir etgan shaxs ijtimoiy xavflilik xususiyatini yo‘qotgan deb topilsa, 
javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi 
beshinchi qismining 1-bandi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli 
“Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi 
jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-
bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti 
to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq 
ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13
1
-
bandi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
66-modda. Aybdor o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lganligi 
munosabati bilan javobgarlikdan ozod qilish 
Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan yoki uncha og‘ir bo‘lmagan jinoyatni birinchi 
marta sodir etgan shaxs, agar u aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida arz qilgan, chin 
ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, jinoyatning ochilishiga faol yordam bergan va 
keltirilgan zararni bartaraf qilgan bo‘lsa, javobgarlikdan ozod qilinishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 


Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi 
beshinchi qismining 2-bandi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori 2-bandining ikkinchi xatboshisi, 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2004-yil 21-maydagi 4-sonli 
“Jazolarni liberallashtirish to‘g‘risidagi qonunni iqtisodiyot sohasidagi 
jinoyatlarga nisbatan qo‘llashning ayrim masalalari haqida”gi qarori 3-
bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
2017-yil 11-oktabrdagi 35-sonli “Firibgarlikka oid ishlar bo‘yicha sud amaliyoti 
to‘g‘risida”gi qarorining 16-bandi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2013-yil 11-dekabrdagi 20-sonli “Tadbirkorlik faoliyati bilan bog‘liq 
ishlar bo‘yicha sud amaliyotining ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarorining 13
1
-
bandi. 
Ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida alohida ko‘rsatilgan 
hollarda, jinoyat sodir etgan shaxs o‘z qilmishiga amalda pushaymon bo‘lgan 
taqdirda javobgarlikdan ozod qilinishi lozim. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksi 84-moddasi 
birinchi qismining 8-bandi. 
(66-modda O‘zbekiston Respublikasining 2010-yil 27-dekabrdagi O‘RQ-
277-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 52-son, 509-modda) 
Oldingi tahrirga qarang. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin