Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Shartli hukm qilish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62
O

72-modda. Shartli hukm qilish 
Agar sud ozodlikdan mahrum qilish, intizomiy qismga jo‘natish, xizmat 
bo‘yicha cheklash yoki axloq tuzatish ishlari jazolarini tayinlash vaqtida sodir 
etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasi, aybdorning shaxsi va 
ishdagi boshqa holatlarni e’tiborga olib, aybdor tayinlangan jazoni o‘tamasdan turib 
ham uning xulqini nazorat qilish orqali tuzatish mumkin, degan qat’iy fikrga kelsa, 
shartli hukm qo‘llashi mumkin. Bunday holda sud, basharti, belgilangan sinov 
muddati davomida jazoning shartliligini bekor qilish asoslari kelib chiqmasa
tayinlangan jazoni ijro etmaslik to‘g‘risida qaror chiqaradi. 
Sinov muddati bir yildan uch yilgacha belgilanib, hukm chiqarilgan kundan 
boshlab hisoblanadi. Basharti, shartli hukm qilish to‘g‘risidagi qaror yuqori sud 
tomonidan chiqarilgan taqdirda ham, sinov muddatini hisoblash shu kundan 
boshlanadi. 
Shartli hukm qilinganda, basharti, bunga asoslar mavjud bo‘lsa, sud 
mahkumga muayyan vaqt mobaynida yetkazilgan zararni bartaraf qilish, ishga yoki 
o‘qishga kirish, yashash joyi, ish yoki o‘qish joyi o‘zgarib qolsa, bu haqda shartli 
hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organga xabar berib 
turish, vaqti-vaqti bilan kelib bu organlarda ro‘yxatdan o‘tib turish, muayyan 
joylarda bo‘lmaslik, muayyan vaqtda yashash joyida bo‘lishi, alkogolizm, 
giyovandlik, zaharvandlik yoki tanosil kasalligidan davolanish kursini o‘tashi kabi 
majburiyatlarni yuklashi mumkin. 
Shartli hukm qilingan shaxslarning xulqi ustidan ichki ishlar organlari, 
harbiy xizmatchilar xulqi ustidan esa, harbiy qism yoki muassasaning 
qo‘mondonligi nazorat olib boradi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksi 
15-
moddasining birinchi qismi, 32-bobi (“Shartli hukm qilingan shaxslar ustidan 
nazorat”). 
Hukm qilingan shaxsning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organning 
taqdimi bilan sud sinov muddati davomida unga yuklatilgan majburiyatlarning 
hammasini yoki bir qismini olib tashlashi yoki uning zimmasiga yangi majburiyatlar 
yuklashi ham mumkin. 


Agar shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida sud unga 
yuklagan majburiyatlarni bajarmasa yoxud jamoat tartibi yoki mehnat intizomini 
buzganligi uchun unga ma’muriy yoki intizomiy ta’sir chorasi qo‘llanilgan bo‘lsa 
sud uning xulqi ustidan nazorat olib boruvchi organ taqdimnomasiga binoan 
jazoning shartliligini bekor qilib, hukmda tayinlangan jazoni ijro etish to‘g‘risida 
ajrim chiqarishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 535-
moddasi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2014-yil 23-maydagi 07-sonli “Sud hukmi to‘g‘risida”gi qarori 30-
bandining beshinchi xatboshisi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Shartli hukm o‘ta og‘ir jinoyati uchun hukm qilinganlarga, shuningdek ilgari 
qasddan sodir etgan jinoyati uchun ozodlikdan mahrum etish jazosiga hukm qilingan 
shaxslarga nisbatan qo‘llanilmaydi, o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar, birinchi 
va ikkinchi guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar, ayollar, shuningdek oltmish yoshdan 
oshgan shaxslar bundan mustasno. 
(72-moddaning yettinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 17-
maydagi O‘RQ-770-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy 
bazasi, 18.05.2022-y., 03/22/770/0424-son) 
Shartli hukm qilingan shaxs sinov muddati davomida yangi jinoyat sodir 
etsa, sud unga nisbatan ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar 
bo‘yicha jazo tayinlaydi. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 3-fevraldagi 1-sonli “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo 
tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarorining 31 — 36
1
-bandlari, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar 
tomonidan amnistiya aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori 
23-bandining ikkinchi xatboshisi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 
2000-yil 15-sentabrdagi 21-sonli “Voyaga yetmaganlarning jinoyatlari haqidagi 
ishlar 
bo‘yicha 
sud 
amaliyoti 
to‘g‘risida”gi 
qarori 
10-
bandining birinchi va ikkinchi xatboshilari. 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin