Zbekiston respublikasining jinoyat kodeksi umumiy qism


-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/62
tarix20.09.2023
ölçüsü0,92 Mb.
#146308
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62
O

76-modda. Amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan ozod qilish 
Hukm etilgan shaxs amnistiya akti yoki afv etish asosida asosiy va ijro 
etilmagan qo‘shimcha jazolardan ozod qilinishi yoxud jazodan muddatidan ilgari 
shartli ravishda ozod qilinishi yoki unga tayinlangan jazoning o‘talmay qolgan qismi 
yengilroq jazo bilan almashtirilishi mumkin. 
Agar amnistiya akti yoki afv etish asosida jazodan muddatidan ilgari shartli 
ravishda ozod qilish yoxud jazoni yengilrog‘i bilan almashtirish qo‘llanilgan shaxs 
jazoning o‘talmay qolgan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etsa, sud 
unga ushbu Kodeksning 60-moddasida nazarda tutilgan qoidalar bo‘yicha jazo 
tayinlaydi. 
Oldingi tahrirga qarang. 
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma umrbod ozodlikdan mahrum qilishga 
hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazoning yigirma besh yilini haqiqatda 
o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy tuzalish yo‘liga 
o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo olmagan, mehnat va 
o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, tarbiyaviy tadbirlar 
o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan jazoning yigirma yilini 
haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin. 
Afv etish to‘g‘risidagi iltimosnoma uzoq muddatga ozodlikdan mahrum 
qilishga hukm etilgan shaxs tomonidan u tayinlangan jazo muddatining yigirma 
yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin, agar jazoni o‘tash davrida mahkum qat’iy 
tuzalish yo‘liga o‘tgan, belgilangan tartibni buzganlik uchun intizomiy jazo 
olmagan, mehnat va o‘qishga nisbatan vijdonan munosabatda bo‘layotgan, 
tarbiyaviy tadbirlar o‘tkazishda faol ishtirok etayotgan taqdirda esa, tayinlangan 
jazoning o‘n besh yilini haqiqatda o‘tab bo‘lganidan keyin berilishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-protsessual kodeksining 536
1
-
moddasi, 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 140, 166-
moddalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-maydagi PF-5439-
sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasida afv etishni amalga 
oshirish tartibi to‘g‘risida”gi nizom. 
 LexUZ sharhi 


Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi 
Plenumining 2006-yil 22-dekabrdagi 16-sonli “Sudlar tomonidan amnistiya 
aktlarini qo‘llashning ayrim masalalari to‘g‘risida”gi qarori, O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2007-yil 14-noyabrdagi 15-sonli “Umrbod 
ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazoni qo‘llashning ayrim masalalari 
to‘g‘risida”gi qarorining 9 va 10-bandlari. 
(76-modda O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 11-iyuldagi O‘RQ-99-
sonli Qonuni asosida uchinchi va to‘rtinchi qismlar bilan to‘ldirilgan — Oliy 
Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 6-son, 248-modda) 

Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   62




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin