Xizmat bo‘yicha cheklash — harbiy xizmatni kontrakt bo‘yicha o‘tayotgan
harbiy xizmatchini sud hukmida ko‘rsatilgan muddat davomida muayyan huquq va
imtiyozlardan mahrum qilib, pul ta’minotining o‘n foizidan o‘ttiz foizigacha bo‘lgan
miqdorini davlat daromadi hisobiga ushlab qolishdan iboratdir.
(47-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 22-
dekabrdagi O‘RQ-238-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 553-
modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Xizmat bo‘yicha cheklash jazo
chorasi ushbu Kodeks Maxsus
qismining moddasida nazarda tutilgan hollarda ikki
oydan uch yilgacha muddatga
qo‘llaniladi. Ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan jinoyat yoki og‘ir
oqibatlarni keltirib
chiqarmagan ehtiyotsizlik orqasida sodir etilgan jinoyat uchun sud ish holatlari va
mahkumning shaxsini hisobga olgan holda uch yildan ko‘p bo‘lmagan muddatga
ozodlikdan mahrum qilish yoki axloq tuzatish ishlari jazosi o‘rniga shu muddatga
xizmat bo‘yicha cheklash jazosini qo‘llashi mumkin.
(47-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-
martdagi O‘RQ-421-sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda)
Xizmat bo‘yicha cheklash tariqasidagi jazoni o‘tash
muddati davomida
mahkumning mansabini, harbiy yoki maxsus
unvonini oshirish mumkin emas,
jazoni o‘tagan vaqt esa, uning ko‘p yil ishlaganlik, navbatdagi harbiy yoki maxsus
unvon hamda pensiya olish uchun asos bo‘ladigan xizmat muddatiga qo‘shilmaydi.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat-ijroiya kodeksining 25-
bobi (“Xizmat bo‘yicha cheklash va qamoq tariqasidagi jazolarni ijro etish”),
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-sonli
qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy
xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida nizom”ning 293 va 294-bandlari.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi
Plenumining 2000-yil 15-sentabrdagi 23-sonli “Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga
qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori
6-bandining uchinchi xatboshilari.
Oldingi tahrirga qarang.
(48-modda O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 29-martdagi O‘RQ-421-
sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 13-son, 194-
modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Dostları ilə paylaş: