O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Qo’ylarni jun mahsuldorligi bo’yicha baholash va tanlash



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Qo’ylarni jun mahsuldorligi bo’yicha baholash va tanlash.
Mayin junli 
qo‘ychilikda yuvilgan jun qirqimi asosiy mahsuldorlik ko‘rsatkichi hisoblanadi. 
Tanlashda faqatgina jun mahsuldorligi emas, balki junining texnologik xossalari ham 
e‘tiborga olinadi. Junning texnologik ko‘rsatkichlariga, uning uzilishga 


80 
mustahkamligi, elastikligi, tolalarining uzunlik va yo‘g‘onligi bo‘yicha birtekisligi 
kabi ko‘rsatkichlar kiradi. 
Po‘stinbop qo‘ychilikda tanlash uchun asosiy ko‘rsatkich terining 
po‘stinbopligi sanaladi. 
Mo‘ynali qo‘ychilikda tanlashning o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, 
bunda qo‘zilar 1-2 kunligida baholanadi. Qorako‘lchilikda sovliqlarning nasldorlik, 
ya‘ni egiz tug‘ishiga ham e‘tibor beriladi. 
Parandalarni tuxum va go’sht mahsuldorligi bo’yicha baholash va tanlash.
Parandalarni tanlashda, ularning tuxum qo‘yishini individual hisobga olib boriladi: 
o‘rdak va g‘ozlarni 12 oy davomida tuxum berganligi, tovuqlarda birinchi va keyingi 
12 oy davomida tuxum berganligi, hamda tuxumining o‘rtacha vazni bo‘yicha 
baholanadi. Buning uchun tovuqlarni bir yasharligida 10 ta tuxumini tortib, o‘rtacha 
har birining og‘irligini hisoblash orqali aniqlanadi. Tovuqlarning tirik vazni 1 
yasharligida, jo‘jalarniki 49 kunligida, g‘ozlar 60 kunligida, kurkachalar 120, 
o‘rdaklar – 50 kunligida aniqlanadi. 
Parandalarni tanlashda tuxumdorligidan tashqari, tuxumdan jo‘ja ochib 
chiqish foizi, jo‘jalarning yashovchanlik qobiliyati va boshqa ko‘rsatkichlar ham 
hisobga olinadi. 
Hayvonlarni avlodining sifati bo‘yicha baholash va tanlash 
Hayvonlarni avlodining sifati bo‘yicha baholash va tanlashning asosiy 
maqsadi, urchitishda foydalaniladigan hayvonning yaxshilovchi ekanligini aniqlash
ya‘ni bu shunday erkak hayvonlarki, ulardan olingan avlodlar boshqa hayvon 
avlodlariga nisbatan albatta yaxshi mahsuldorlik va nasldorlik ko‘rsatkichlarga ega 
bo‘lishi kerak. 
Urchitishga qo‘yiladigan erkak hayvonlarni avlodining sifati bo‘yicha 
tekshirish uchun maxsus ajratib olingan ona mollar guruhida tajriba o‘tkaziladi. 
Buning uchun yosh buqalar yoki qo‘chqorlar tanlab olinadi va ularni qisqa muddatda 
urchitishga qo‘yiladi, ulardan olingan nasli ustida tajriba-sinov o‘tkazish jarayonida 
yaxshi oziqlantirish va saqlash sharoitlari yaratiladi. Tajriba natijalariga ko‘ra, agar 


81 
tekshirilayotgan naslli hayvonning avlodlari, tegishli xo‘jalik ahamiyatiga ega 
bo‘lgan belgilari bo‘yicha onasi va tengdoshlaridan o‘zib ketsa, avlodining sifati 
bo‘yicha yaxshilovchi deb hisoblanadi. 
Erkak hayvonlarni avlodining sifati bo‘yicha baholashning bir qancha usullari 
mavjud. Shular jumlasiga: qizlarining o‘rtacha ko‘rsatkichi usuli; tekshirilayotgan 
buqa qizlarining o‘rtacha ko‘rsatkichlarini onalarining o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan 
taqqoslash (―ona – qiz‖) usuli; tekshirilayotgan buqa avlodlarining ko‘rsatkichlarini 
xo‘jalikdagi podalarning o‘rtacha ko‘rsatkichlari bilan taqqoslash usuli va h.k. 
Birinchi usulda tekshirilayotgan buqa qizlarining ko‘rsatkichlari irsiy 
belgilarini o‘tkazish bo‘yicha baholash mezoni hisoblanadi. Uni quyidagi formulada 
ifodalanadi: 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin