79
Hayvonlarni mahsuldorligi bo‘yicha baholash va tanlash
Mahsuldorlik ko‘rsatkichlari qishloq xo‘jalik hayvonlarining xo‘jalik
ahamiyatiga ega bo‘lgan asosiy belgilari hisoblanadi.
Hayvonlarni mahsuldorligi
bo‘yicha tanlash va baholashda ularning sifati va miqdoriga hamda oziqa sarflash
ko‘rsatkichlariga e‘tibor beriladi. Har xil turdagi hayvonlarni mahsuldorligi bo‘yicha
tanlashning o‘ziga xos xususiyatlari bor.
Sigirlarni sut mahsuldorligi bo’yicha baholash va tanlash.
Sigirlarтштп sut
mahsuldorligini
baholashda, asosiy o‘lchov sifatida 305 kunda sog‘ib olingan sut
miqdori olinadi. Sigirlarning barcha laktatsiya bo‘yicha o‘rtacha
sut mahsuldorligi,
uning eng yaxshi sut sog‘ib olingan laktatsiya ko‘rsatkichi bilan korrelyativ
bog‘lanishi eng yuqori darajada ekanligi kuzatiladi. Shuning uchun ham sigirlarni sut
mahsuldorligi bo‘yicha baholash va tanlashda asosiy e‘tibor eng ko‘p
sut bergan
davriga qaratiladi.
Sigirlarni sut mahsuldorligi bo‘yicha baholashda miqdoriy ko‘rsatkichlari
bilan birgalikda sifatiga ham e‘tibor beriladi. Hozirgi kunda sut mahsuldorligining
sifatini baholashda sut tarkibidagi yog‘ va oqsil miqdori aniqlanadi.
Qoramollarni go’sht mahsuldorligi bo’yicha baholash.
Go‘sht mahsuldorligi
bo‘yicha hayvonlar tiriklik davrida va so‘yilgandan keyin baholanadi.
Tiriklik
vaqtida har xil yoshdagi tirik vaznini o‘lchab ko‘rish asosida o‘sish jadalligi
baholanadi. Sutkasiga o‘rta hisobda 1-1,5 kg gacha o‘sadigan va har 1 kg o‘sishi
uchun 6-7 oziqa birligi sarflaydigan hayvonlarga yuqori baho beriladi.
So‘yilgandan keyin go‘sht mahsuldorligiga baho
berish yakuniy va asosiysi
hisoblanadi. Bunda so‘yilgandagi vazni, so‘yim chiqimi, go‘sht nimtasidagi yog‘ va
muskul to‘qimalari nisbati, muskul to‘qimalarining gistologik tuzilishi, go‘shtning
kaloriyaligi va mazasi asosiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: