O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


―Qon quyish‖ usulida chatishtiris



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

―Qon quyish‖ usulida chatishtiris 
 
Qon quyish usulida chatishtirishda, asosan, bironta zotning barcha irsiy belgi 
va xususiyatlarini tubdan o‘zgartirmagan holda, faqat ayrim kamchiligi yoki zaif 
tomonini yaxshilash bilan cheklaniladi. Bunda yaxshilovchi zot yaxshilanuvchi 
(asosiy) zot vakillari bilan faqat bir marta chatishtiriladi (48-rasm). 
Qon quyish usulida chatishtirish 
3 bosqichda
olib boriladi. 
Birinchi bosqichda
qon quyish uchun mo‘ljallangan sof zotli ona mollarning 
ayrim kamchiliklarini yaxshilash maqsadida tanlab olingan boshqa zotga mansub 
erkak hayvonlar bilan chatishtiriladi. 
Birinchi avlod duragaylaridan poda safini qayta tiklash va nasl olish uchun 
ba‘zida ona mollarni, ba‘zida esa, erkak vakillarini qoldiriladi. 
48- rasm. ―Qon quyish‖ usulida chatishtirish sxemasi 
Chatishtirish uchun tanlab olingan erkak hayvonlar kamida 2 ta talabga 
javob berishi kerak: 1) kamchiligi uchun qon quyish talab etilayotgan zotni 
yaxshilashga arziydigan genotipik belgilarning yaqqol namoyon bo‘lishi; 2) asosiy 
(qon quyilayotgan) zotning irsiy belgilarini (mahsuldorlik ko‘rsatkichi, 
yashovchanlik qobiliyati, serpushtligi va h.k.) salbiy tomonga o‘zgartirib 
yubormasin. 


96 
Birinchi bo‘g‘in avlodlarining erkak vakillarini poda safini tiklash uchun 
qoldirish ayrim afzalliklarga ega, ya‘ni ona mollarga nisbatan oz miqdorda talab 
etiladi, demak, ularni etishtirish uchun yuqori nasldorlik xususiyatiga ega bo‘lgan 
ona mollar kam talab etiladi. Zotli ona mollardan kelib chiqqan avlodlarining sifati 
ham o‘ziga yarasha yaxshi va sermahsul bo‘ladi. Bundan tashqari, duragay erkak 
hayvonlarni naslga qoldirish uchun tanlash imkoniyatlari ko‘p va ularga 
qo‘yiladigan talab darajasi ham ancha baland bo‘ladi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin