94
boshqa
variantlarga
nisbatan soddaligi bo‘lsa,
asosiy kamchiligi -
chatishtirilayotgan hayvonlarda irsiy bioxilma-xilligining etarlicha emasligidir.
47- rasm. Galma-gal chatishtirish sxemasi
Uchzotli galma-gal chatishtirish
usulida uchta zotga mansub bo‘lgan erkak
hayvonlardan foydalaniladi. Bunda erkak va urg‘ochi hayvonlar to‘g‘ri
juftlashtirilgan bo‘lsa, ularning avlodlarida geterozislik hodisasi yaxshi namoyon
bo‘lishiga erishish mumkin. Shunga ko‘ra uchzotli
galma-gal chatishtirishning,
ikkizotli galma-gal chatishtirishga nisbatan afzallik tomoni bor. Lekin uni qo‘llash
ancha murakkabligi sababli amaliyotda unchalik ko‘p qo‘llanilmaydi.
To’rtzotli galma-gal chatishtirish
variantlarini
ham
chorvachilik
seleksiyasida qo‘llab, yuqori biologik samaradorlikka erishish mumkin.
Lekin u
juda murakkabligi sababli chorvachilik amaliyotida qo‘llanilmaydi.
Galma-gal chatishtirishni yangi zot yaratishning bir usuli sifatida qabul qilish
mumkinligi to‘g‘risida adabiyot ma‘lumotlarida ko‘rsatib o‘tilgan. Masalan, bir
vaqtlar Fransiyada mazkur usul bilan otlarning anglo-normand zoti yaratilgan.
Lekin bu yo‘l bilan yangi zot yaratish uzoq muddatga cho‘zilib, odatda, birdaniga
yangi
zot yaratilmasdan, faqatgina yangi zot yaratish
uchun dastlabki materiallar
olish mumkin.