O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


- rasm. Qon singdirish usulida chatishtirish sxemasi



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

 
49- rasm. Qon singdirish usulida chatishtirish sxemasi 
Qon singdirish usulining salbiy tomonlariga, yaxshilanuvchi zotning
avlodlarida ayrim ijobiy belgi va xususiyatlarining yo‘qolib ketish holatlarini 
kuzatish mumkin. Masalan, mahalliy, jaydari mollardagi qon-parazit kasalliklariga 
qarshi chidamliligining susayshi, sut tarkibidagi yog‘ miqdorining pasayishi va h.k. 
shular jumlasiga kiradi. 


98 
Qon singdirish 
usulida chatishtirishning samaradorligiga ta‘sir etuvchi 
omillar. 
Yaxshilanuvchi zotni yaxshilovchi zotga o‘zgartirish tezligi birqancha 
sabablarga bog‘liq. Shulardan eng muhimlariga: yaxshilanadigan belgilarning irsiy 
jihatdan mustahkam o‘rnashib qolganligi, yaxshilanuvchi va yaxshilovchi 
zotlarning o‘zaro o‘xshashligi, chatishtiriluvchi hayvonlarning sifati (xususan 
erkak vakillari), boqish sharoiti, tanlash talablariga qat‘iy amal qilinishi, 
avlodlarning almashinish tezligi va h.k. 
Yaxshilanuvchi va yaxshilovchi zotlar bir-biriga qancha yaqin va o‘xshash 
bo‘lsa, yaxshilovchi belgilarning singdirilish jarayoni shuncha tez kechadi. 
Hayvonlarni oziqlantirish va boqish sharoiti, aksariyat hollarda, qon singdirish 
jarayonida hal qiluvchi rol o‘ynaydi. 
Yaxshilanuvchi hayvonlarni yaxshilovchi hayvonlarning irsiy belgilari bilan 
o‘zgartirish o‘z-o‘zidan amalga oshmaydi. Bu ijodiy jarayon bo‘lib, talab 
darajasida tanlash, saralash va shularga mos ravishda parvarish qilish hamda 
olingan nasldan oqilona foydalanishni taqoza etadi. 
Qon singdirish usulida chatishtirishning maqsadi – yaxshilovchi zotga xos 
bo‘lgan ijobiy belgi va irsiy xususiyatlarni, iloji boricha qisqa vaqt mobaynida, 
to‘laligicha o‘zgartirilayotgan zot qoniga singdirish bilan birga, shu belgilarning 
yaxshilanuvchi zot ko‘paytirilayotgan mintaqada mustahkam qaror topishi, nasldan 
naslga o‘tishi va moslashish qobiliyatiga egaligini ham ta‘minlash kerak. 
O‘zbekistonda mahalliy sigirlar shu usulda go‘shtdor santa-gertruda, aberdin-
angus, qozoqi oqbosh va gereford zotli buqalar bilan qochirilgan va ijobiy 
natijalarga erishilgan. Bunday chatishtirish ishlari Jizzax viloyatining tog‘li 
hududlarida va Qoraqolpoqistonda olib borilgan. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin