O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirishning uchinchi bosqichidagi



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirishning uchinchi bosqichidagi 
vazifalar va ularni hal etish usullari.
 
Yangi zot yaratish maqsadida 
chatishtirishning uchinchi bosqichida amalda sof zotli urchitishga o‘tiladi. Ushbu 
bosqichda urchitish ishlari olib borilayotgan hayvonlar duragay emas, balki ular – 
yangi zot guruhi vakillaridir. Ular kelib chiqishi bo‘yicha aralash bo‘lsada, har bir 
tizimning ichida, ularning o‘ziga xos bo‘lgan xarakterli tipi va etarli darajada 
yuzaga chiqqan mustahkam irsiy belgilariga ega. Uchinchi bosqichda 
chatishtirishning asosiy vazifalari quyidagilardir: alohida tizimlar yaratish, yaxlit 
zot strukturasini tashkil qilish, yaqin qarindoshli urchitishning avj olib ketishiga 
barham berish, zot guruhiga mansub chorva mollari bosh sonini ko‘paytirish va 
ularni zot darajasiga olib chiqish talab etiladi. 
Yaqin qarindoshli urchitish oqibatida gomozigotalik darajasining ortib 
ketishiga barham berish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish zarur bo‘ladi: 
birinchi tizimdagi ona mollarni uchinchi tizimga mansub erkak mollar bilan 
urchitish kerak, ikkinchi tizimdagi ona mollar – to‘rtinchi tizimdagi erkak mollar 
bilan, beshinchi tizimdagi ona mollar – oltinchi tizimdagi erkak mollar bilan 
urchitiladi va h.k. Birinchi va uchinchi tizimdagi mollarni urchitishdan olingan 
avlodlar, o‘z navbatida, ikkinchi va to‘rtinchi yoki beshinchi va oltinchi tizimdagi 
hayvonlarni urchitishdan olingan avlodlar bilan urchitiladi va.h.k. Shunday qilib, 
bir necha bo‘g‘in davomida bir-biriga qarindosh bo‘lmagan har xil tizimdagi 
hayvonlarni o‘zaro urchitilishi natijasida yaqin qarindoshli urchitish va uning 
salbiy oqibatlaridan batomom soqit bo‘lish mumkin. 


110 
Duragaylash usulini hayvonlar selkesiyasida qo‘llash 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin