115
52-rasm. Erkin holda qochirish usuli
Qo‘lda qochirish usuli birmuncha samaraliroq bo‘ladi. Bunda kuyukkan
urg‘ochi mollar oldindan tanlangan erkaklaridan
qochiriladi va qochgan kuni
maxsus jurnalga yozib qo‘yiladi. Bu usulning afzalligi shundaki, har bir urg‘ochi
hayvon qaysi erkak moldan va qachon qochganligi ma‘lum bo‘ladi(53-rasm).
Binobarin, hisob ishlarini ham olib borish mumkin.
Lekin iqtisodiy tomondan bu
usul unchalik samarali emas, chunki ko‘plab
erkak mollarni saqlash, parvarish
qilish va oziqlantirishga anchagina mablag‘ sarflanadi.
53-rasm. Qo‘lda qochirish usuli
116
Qishloq xo’jalik hayvonlarini sun’iy urug’lantirish usuli.
Bu
usulda
yuqori mahsuldorli, avlodlarining sifati bo‘yicha tekshirilgan
erkak mollarning
urug‘lari maxsus shpris-kateter orqali kuyukkan urg‘ochi hayvonlarning
bachadoniga yuboriladi (54-rasm).
Dostları ilə paylaş: