108
duragaylarda geterozigotalik darajasi juda yuqori, shuning uchun u juda pasayib
ketgan taqdirda ham inbriding depressiyasi, sof zotli hayvonlarda yaqin qarindoshli
urchitish oqibatida yuzaga keladigan inbriding depressiyasidek, kuchli sezilmaydi.
Shuning uchun duragay avlodlar bilan yaqin qarindoshli urchitish ishlari olib
borilganda inbridingning salbiy oqibatlari, sof zotli
hayvonlarni urchitishdagiga
nisbatan ancha kech yuzaga chiqa boshlaydi. Uchinchidan, chatishtirishning
ikkinchi bosqichida inbriding foydali va hatto zaruriy tadbir hisoblanadi, chunki u
gomozigotalilik darajasining ortishi hisobiga avlodlarda irsiyatning barqarorligini
mustahkamlashga ko‘maklashadi.
Inbridingning foydali tomonlariga qaramasdan, aynan ikkinchi bosqichda
(maqbul sifat ko‘rsatkichlarni mustahkamlash bosqichi)
uning xatarli ekanligini
unutmaslik kerak. Shuning uchun, iloji boricha qarindoshlik bo‘lmagan urchitish
usullarini qo‘llash yoki uzoq qarindoshli urchitishdan foydalanishga harakat qilish
lozim.
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirishning ikkinchi bosqichida agar
duragay avlodlarning mahsuldorlik ko‘rsatkichlari va nasldorlik sifati kutilayotgan
natijadan boshqa tomonga o‘zgarib ketayotganligi sezib qolinsa,
ularni maqbul
tipdagi duragaylar bilan yoki dastlabki zotga tegishli bo‘lgan hayvon vakillari bilan
urchitiladi. Ayrim holatlarda duragay avlodlar, kelib chiqishi va ekster‘eri bo‘yicha
mazkur duragaylarga yaqin bo‘lgan boshqa zotlar bilan chatishtiriladi. Masalan,
go‘sht-jun yo‘nalishidagi nemis qo‘y zotini (nemis prekosi) yaratishda quyidagi
chatishtirish usulidan ham foydalangan: rambule tipidagi nemis qo‘ylari leyster
(angliya go‘shtdor qo‘y zoti) qo‘chqorlari bilan chatishtirildi, ulardan olingan
duragaylar esa – fransiya prekosi bilan juftlashtirildi.
Ish jarayonida yuzaga kelgan bunday kamchiliklarni yo‘qotish uchun,
aksariyat hollarda G.R.Litovchenko usulidan foydalaniladi. Uning mohiyati
shundan iboratki, unchalik katta kamchilikka ega bo‘lmagan duragaylar bir necha
bo‘g‘in
davomida, kelib chiqishi shunga o‘xshash, lekin maqbul tipdagi boshqa
duragay qo‘chqorlar bilan chatishtiriladi. Bunda asta-sekin bir necha avlod
109
davomida duragay hayvonlarda ko‘zga tashlangan kamchiliklar maqbul
tipdagilarniki bilan singdirib boriladi.
Ishning ikkinchi bosqichida, duragaylar maqbul tipga ega bo‘lib, asosan
―o‘z-o‘ziga‖ urchitilsada, hali ular zot sifatida to‘liq etilmagan.
Undagi har bir
tizim alohida izolyatsiyalangan holda, ya‘ni boshqa tizimlar bilan genealogik
bog‘lanmagan holda yashaydi. Ularning har birida inbriding depressiyasi kabi
salbiy oqibatlar yuzaga chiqish xavfi mavjud. Shuningdek, zot sifatida tan olinishi
uchun, ularda chorva mollari bosh soni ham etarli darajada emas.
Dostları ilə paylaş: