O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulini amalga oshirish



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulini amalga oshirish.
 
Chatishtirish uchun birlamchi zotlarni tanlash.
 
Birlamchi zot miqdoriga ko‘ra, 
yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish sodda (ikkita zot qatnashsa) va 
murakkab (ikkita zotdan ko‘p)ga bo‘linadi. Lekin bunda chatishtirishda 
qatnashuvchi zotlar miqdori emas, balki ularning tipidagi va qon-qarindoshlik 
bo‘yicha o‘xshashlik tomonlarini ko‘proq hisobga olish muhimdir. Masalan,
mayin junli oltoy qo‘y zotini yaratishda birlamchi material sifatida to‘rtta zot: 
sovet merinosi, amerika rambulesi, kavkaz mayinjunli va avstraliya mayinjunli 
qo‘y zotlari qatnashgan. Ularning barchasi bir xil mahsulot (mayin junli) 
yo‘nalishiga mansub va kelib chiqishiga ko‘ra ham bir-biriga yaqin. Ularni o‘zaro 
chatishtirish natijasida olinadigan avlodlarni tanlash va saralash ishlari, ikkita har 
xil yo‘nalishdagi zotlarni, masalan, romni-marsh bilan dumbali qo‘y zotlarini yoki 
qo‘rako‘l bilan romanov zotli qo‘ylarni, chatishtirishga nisbatan birmuncha engil 
va osonroq kechadi. 
Aksariyat hollarda, yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish uchun onalik 
zoti sifatida mahalliy yoki chatishtirish ishlari olib boriladigan sharoitda anchadan 
beri yashab kelayotgan zotdan foydalanadi. Bunday ona mollardan foydalanganda, 
yaratilayotgan yangi zotda iqlim sharoitiga moslashish jarayoni yaxshi kechadi. 
Chatishtirilayotgan zotlar qanchalik bir-biriga o‘xshash yoki kelib chiqishi yaqin 
bo‘lsa, duragay avlodlarda mujassamlashgan irsiy belgi va xususiyatlarni 


102 
shunchalik tez va oson mustahkamlashga erishiladi. Chatishtirilayotgan zotlar 
orasidagi farq va ularning tarqalish hududi qanchalik katta bo‘lsa, duragay 
avlodlarning 
genotipi 
shunchalik 
xilma-xill, 
shuningdek, 
yangi 
genlar 
kombinatsiyasini vujudga keltirish ehtimolligi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Lekin, 
shu bilan birga, didimizga mos yaratilgan genotipni saqlab qolish ancha qiyin 
kechadi. 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin