O‗zbekiston respublikasi oliy va o‗rta maxsus ta‘lim vazirligi guliston davlat universiteti turdiqulov T


Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usuli



Yüklə 5,94 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/120
tarix22.09.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#146530
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120
portal.guldu.uz-Hayvonlar seleksiyasi

Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usuli
Ba‘zan bu zavod usulida chatishtirish deb ham ataladi. Ikkita yoki undan 
ko‘proq zot o‘zaro chatishtiriladi. Asosiy maqsadi barcha ijobiy xislatlarga ega 
bo‘lgan yangi zot yaratishdan iboratdir. Chatishtirishda ikkita zot qatnashsa, 
oddiy


99 
chatishtirish, 
bir necha zot qatnashsa 
murakkab chatishtirish 
deyiladi. Duragay 
vakillari sifatli oziq bilan boqishni va yaxshi parvarish qilishni talab etadi. 
Mazkur chatishtirish usulining yaratilish tarixi XVII asrga borib taqaladi. 
Fransuz naturalisti J.L.Byuffon (1707-1788) birinchilardan bo‘lib mavjud 
hayvonot dunyosi bilan qanoatlanib qolmasdan, chatishtirish usullarini qo‘llash 
orqali yangi va yaxshiroqlarini yaratish kerakligi to‘g‘risida chorvadorlar oldiga 
vazifalar qo‘yadi. U: ―... ajoyib tulpor, it yoki boshqa turdagi hayvonlar olish 
uchun, mahalliy urg‘ochi hayvonlarni o‘zga yurtlardan keltirilgan erkak hayvon 
zotlari bilan chatishtirish yoki uning aksini qilish kerak, buning natijasida qon 
yangilanishi va zotlarning bir-biri bilan aralashishi hisobiga hayvonlar 
takomillashib boradi va eng yuqori foydalilik darajasiga etishadi; zotlarni toza 
(sof) holda ushlab turish o‘rniga, ularni chatishtirish kerak‖- deb yozadi. 
J.L.Byuffonning bunday fikr va g‘oyalaridan ilhomlangan ko‘pchilik izdoshlari 
etarli tajriba va bilimga ega bo‘lmasdan, har xil hayvonlarni bir-biri bilan 
chatishtirish ishlariga berilib ketadilar. Oqibatda, ko‘plari uchun bu g‘oyaning 
oxiri ayanchli bo‘lib tugadi. Ularning podalaridagi mollar zoti yaxshilanish 
o‘rniga, aksincha, mahsuldorlik ko‘rsatkichlari, chidamlilik, serpushtlik, 
yashovchanlik qobiliyatlari pasayib ketdi. Faqat, juda oz tadqiqotchilargina 
muvaffaqiyatlarga erishdi. Shular jumlasiga Orlov yo‘rtoqi ot zotini yaratgan 
A.G.Orlov-Chesmenskiy va uning shogirdi V.I.Shishkinni misol keltirish mumkin. 
Ular yilqichilik zavodida dastlab, chopqir otlarni engil arava tortuvchi ot zotlari 
bilan chatishtirishdi, keyinchalik, ulardan olingan duragaylar o‘zaro urchitildi, 
ayrim holatlarda yaqinqarindoshli urchitish usullari ham qo‘llanildi. Nasl uchun 
faqatgina ekster‘eri va ishchanlik qobiliyati yaxshi bo‘lganlari qoldirildi. 
Ishchanlik qobiliyati qisqa masofada yo‘rtish tezligi va chidamlilik qobiliyati (18-
20 kilometr masofaga chopish) asosida baholandi. 
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usuli bilan M.F.Ivanov 
tomonidan ukraina dasht oq cho‘chqa zoti va askaniya mayin junli qo‘y zoti 
yaratildi (50-rasm). 


100 

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   120




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin