103
Ishni bajarish sharoiti.
Chatishtirish natijasida olingan duragay avlodlar,
aksariyat holatlarda, mahalliy zotdagi hayvonlarga
nisbatan yashash sharoitiga
ancha talabchan bo‘ladi. Shuning uchun olingan duragay avlodlarda haqiqiy
xo‘jalik ahamiyatiga ega bo‘lgan belgilari va ular bo‘yicha tanlash ishlarini olib
borish uchun, yashash sharoitini yaxshilash zarur bo‘ladi. Bunday chatishtirish
usuli odatda, oziqa va saqlash sharoitlari yaxshi bo‘lgan naslchilik zavodlarida olib
boriladi. Masalan, Kostroma zotiga mansub qoramollar ―Karavaevo‖
naslchilik
zavodida, askaniya mayin junli qo‘y zoti mashhur Askaniya-Nova, kavkaz mayin
junli qo‘y zoti ―Bolshevik‖ naslchilik zavodlarida yaratilgan.
Agar xo‘jalik katta va naslchilik toifasiga ega bo‘lsa, bitta xo‘jalik
miqyosida ham yangi zot yaratishni boshlash mumkin. Lekin yaratilgan ko‘pchilik
hayvon zotlari bir nechta xo‘jaliklarni qamrab olgan. Buning bir qancha afzalliklari
bor, chunki ishni bajarish sur‘ati
tezlashib, ish hajmi ortadi, har xil tabiiy-iqlim
sharoitida ish olib borilishi natijasida, ushbu sharoitlarga
moslashish qobiliyati
bo‘yicha tanlash ishlarini olib borishga erishiladi.
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulining birinchi bosqichi –
eksperiment o‘tkazishdir. Bu bosqichda, ma‘lum darajada tavakalchilikka ham yo‘l
qo‘yiladi. Shuningdek, ayrim xatoliklarga ham yo‘l qo‘yish ehtimoli yo‘q emas,
ko‘pgina befoyda va yaroqsiz avlodlar olish mumkin va buning uchun qo‘shimcha
xarajatlar talab qilinadi (chetdan, ayrim holatlarda boshqa davlatlardan yangi zot
uchun nasldor erkak va urg‘ochi mollar sotib olib kelish talab etiladi va h.k.) va bu
xarajatlar tezda o‘zini qoplamaydi. Shuning uchun yangi zot yaratish bo‘yicha olib
boriladigan ishning dastlabki bosqichida katta hajmdagi ishlarni olib borish
maqsadga muvofiq emas. Avval kichik guruhlarda chatishtirish ishlarini olib borib,
qabul qilingan ish yo‘nalishi ma‘lum bir natija bersa
va keyingi chatishtirish
ishlarini olib borish foydali ekanligiga ishonch hosil qilgandan keyingina, katta
hajmdagi chatishtirish ishlarini yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiqdir.
Dostları ilə paylaş: