117
55-rasm. Vizo-servikal usulida sun‘iy urug‘lantirish texnikasi
Mano-servikal usulida
sigirlarni sun‘iy urug‘lantirishda sperma hayvonning
bachadon bo‘yinchasiga qo‘l bilan kiritiladi (
manus
– qo‘l degan ma‘noni
bildiradi). Buning uchun sterillangan va bir marta ishlatiladigan polimerli
asboblardan (polietilenli ampula, polistirolli kateter va polietilenli qo‘lqop)
foydalaniladi (56-rasm).
56-rasm. Mano-servikal usulida sun‘iy urug‘lantirish texnikasi
Mano-servikal usulni faqatgina yirik sigirlarni urug‘lantirishda qo‘llash
mumkin. Mayda sigirlar, xususan birinchi tug‘ishdagi
sigirlar va tor qinli
g‘unojinlarni bu usul bilan sun‘iy urug‘lantirish mumkin emas. Bundan tashqari,
aseptika qoidalariga etarli darajada rioya qilmaslik oqibatida sigirlarning jinsiy
organlari infeksiya bilan zararlanish xavfi vujudga keladi.
118
57-rasm. Rekto-servikal usulida sun‘iy urug‘lantirish texnikasi
1-qo‘l, 2-pipetka, 3-vul‘va, 4-tos suyagi, 5-qovuq, 6-qin, 7-bachadon bo‘yinchasi, 8-
tuxum yo‘li, 9-bachadon shoxi, 10-tuxumdon, 11-to‘g‘ri
ichak
Rekto-servikal usulida sun‟iy urug‟lantirish.
Rekto-servikal usulida (
rekto
-
to‘g‘ri ichak ma‘nosini anglatadi) bir qo‘l bilan to‘g‘ri ichak orqali bachadon
bo‘yinchasi ushlab turiladi, ikkinchi qo‘l bilan, qin oynasini ishlatmasdan, bir
marta ishlatiladigan steril shpris-kateter yordamida urug‘ bachadon bo‘yinchasiga
kiritiladi ( 57- rasm).
Rekto-servikal usulida sun‘iy urug‘lantirishning,
hozirgi kunda amaliyotda
keng tarqalgan vizo- va mano-servikal usullariga nisbatan bir qancha afzallik
tomonlari mavjud.
Afzalligi shundaki, bachadon bo‘yinchasi, tanasi va shoxchalarining,
tuxumdon, ayrim holatlarda tuxum yo‘llarining
holatini paypaslab aniqlash
mumkin bo‘ladi, bo‘g‘oz sigirlarni qaytadan urug‘lantirishning oldi olinadi; jinsiy
organlar holatini to‘g‘ri ichak orqali tekshirib ko‘rish barobarida, bachadon
harakatini kuchaytirishga ham erishiladi. Natijada bachadonga kiritilgan
spermatazoidlarning tuxum hujayrasiga tomon harakatlanishi tezlashadi; spermani
bachadon bo‘yinchasi kanalining ancha ichkarisiga
kiritish ishonchliligi
ta‘minlanadi, shu bilan spermatazoidlarning qinga qayta oqib tushishining oldi
olinadi; qinning shikastlanishi, jarohatlanishi va yallig‘lanishi oqibatida unga
119
infeksiya tushish holatlarining oldi olinadi, vizo-servikal usulda urug‘lantirilganda
bunday holatlar tez-tez uchrab turadi; sigirlarni urug‘lantirish bahosi arzonlashadi,
chunki qin ko‘zgusi, shpris-kateterlar va dezinfeksiyalovchi
vositalar uchun
sarflanadigan xarajatlarga zarurat qolmaydi.
Urug‘ sifatiga ko‘ra
to‟rt guruhga
bo‘linadi: 1
guruh
urug‘ quyuq bo‘lib,
mikroskopda qaralganda spermatozoidlar juda zich joylashgan, ular orasidagi
bo‘shliq deyarli sezilmaydi (58-rasm).
Dostları ilə paylaş: