58-rasm. Urug‘ quyuq( A ), o‘rtacha quyuqlikdagi urug‘( Б ), siyrak urug‘ ( B ) II
guruh o‘rtacha quyuqlikdagi urug‘. Bunda spermatozoidlar oralig‘idagi
bo‘shliq ularning uzunligiga teng bo‘ladi.
III
guruh siyrak urug‘ hisoblanadi. Bunda spermatozoidlar oralig‘idagi
bo‘shliq ularning uzunligidan ortiq bo‘ladi.
IV guruh urug‘da spermatozoidlar juda oz miqdorda bo‘ladi yoki butunlay
bo‘lmaydi. Bunday urug‘ chorvachilikda ishlatilmaydi, lekin tarkibida ozroq bo‘lsa
ham harakatchan spermatozoidlardan tashkil topgan urug‘dan ayrim hollarda
cho‘chqalarni qochirishda foydalanish mumkin.
SAVOLLAR: 1. Hayvonlar va parrandalarni urchitishning qanday usullarini bilasiz? 2. Inbriding deb nimaga aytiladi? 3. Tizim va oila to‟g‟risida tushuncha bering. 4. Chatishtirish deb nimaga ataladi? 5. Catishtirish usullari to‟g‟risida tushuncha bering. 6. Duragaylash deganda nimani tushunasiz?
120
7. Hayvonlar selektsiyasida geterozis samaradorligidan qanday maqsadlarda foydalaniladi? 8. Geterozislik hodisasining yuzaga chiqish shakllari to‟g‟risida tushuncha bering 9. Chorvachilik amaliyotida geterozis hayvonlar olishning qanday usullari ishlab chiqilgan? TEST TOPSHIRIQLARI: 1. Yaqin qarindosh formalarni o‘zaro chatishtirish. . . . . deyiladi A. Zigota
B. Inbriding
C. Kross
D. Autbriding