104
M.F.Ivanov ukraina dasht oq cho‘chqa zotini yaratishda, yon atrofdagi qishloqlarni
ancha vaqt sinchkovlik bilan kuzatib, tajriba uchun mos keladigan, ko‘nglidagidek
hayvonlarni qidirdi. U faqatgina mahalliy cho‘chqalarni tanlab olmasdan, yangi zot
yaratish bo‘yich rejalashtirilgan ishini amalga oshirish yo‘lida juda qimmatli
hayvonlarni tanlab oldi. Masalan, № 80-raqamli ona cho‘chqa ko‘krak
aylanasining o‘lchami yirik oq cho‘chqa zotiga mansub to‘ng‘iznikidan ham katta
bo‘lgan. U erkak cho‘chqalarni
tanlashda, yanada qat‘iyatli va diqqat-e‘tiborini
kuchaytirdi. Chatishtirish uchun mo‘ljallangan yirik oq cho‘chqa zotlarini tanlab
olish uchun u Sovet Ittifoqining ko‘plab naslchilik xo‘jaliklarini va Angliya
davlatini kezib chiqdi. Askaniya rambulesi qo‘y zotini yaratishda foydalangan
rambule qo‘chqorlarini tanlab olish uchun esa Amerikaga ham borib keldi.
Yuqorida qayd etib o‘tilganidek, chatishtirish
natijasida olingan duragay
avlodlarning irsiy o‘zgaruvchanligi juda katta bo‘ladi. Shuning uchun ularni,
birinchi bo‘g‘inidan boshlab tanlash ishlariga e‘tiborni va talabchanlikni
kuchaytirish kerak bo‘ladi.
Yangi zot yaratish maqsadida chatishirish usulida tizimlar bilan ishlash.
Yangi zot yaratish maqsadida chatishtirish usulining
nazariy asoslarini ishlab
chiqishda, chatishtirish ishlarining birinchi bosqichidayoq bir nechta alohida
guruhlar, ya‘ni tizimlar bo‘yicha ish olib borishga e‘tibor berilgan. Tizimlarning
har birida bir xil variantdagi chatishtirish qo‘llaniladi,
lekin bir tizimdagi
hayvonlar boshqa tizimda chatishtirilayotgan dastlabki zotdagi hayvon vakillari
bilan qarindosh bo‘lib qolmasligi kerak. Masalan, ukraina dasht oq cho‘chqa zotini
yaratishda dastlabki zot namoyandalari sifatida: Askaniya tizimidan – Kerzon 378,
Bar-Non 197 va Bar-Non 15 raqamli yirik oq cho‘chqa zotiga mansub to‘ng‘izlar,
ukraina zotiga mansub № 8, nomersiz, № 90 va № 30-raqamli ona cho‘chqalar
bilan juftlash uchun tanlab olingan. Ular ona va ota
tomonidan ham bir-biriga
qarindosh bo‘lmagan.
Chatishtirishda qatnashayotgan erkak va urg‘ochi hayvon vakillari kelib
chiqishi bilan birga, sifat ko‘rsatkichlari bo‘yicha ham o‘zaro farqlanishi kerak.
Shuning uchun ularni ma‘lum bir ish bosqichiga qadar(ko‘zlangan
maqsadga
105
erishguncha) alohida urchitilishi juda foydalidir. Buning natijasida ularning har
biridagi mavjud foydali irsiy belgilarning mustahkam saqlanib qolishiga
imkoniyat yaratiladi. Keyinchalik, ushbu tizimlarni o‘zaro urchitilsa, ularning har
biriga xos bo‘lgan irsiy belgilarning keyingi avlodlarda
birgalikda yuzaga
chiqishiga va inbriding depressiyasining oldi olinishiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: