98
II-QISM
12-mavzu: Pedagogik psixologiya fanining predmeti va
metodlari.
Ma‘ruza mashg`uloti rejasi
1. Pedagogik psixologiyaning predmeti.
2. Pedagogik psixologiyaning vazifalari.
3. Pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixi.
4. Pedagogik psixologiya
fanining tadqiqot metodlari
Darsning maqsadi:
Pedagogik
psixologiyaning
predmeti,
pedagogik
psixologiyaning
vazifalari, pedagogik psixologiya fanining rivojlanish tarixi, pedagogik psixologiya
fanining tadqiqot metodlarini dalillab beradi.
Pedagogik psixologiya
-psixologiya fanining tarmog`i sifatida ta‘lim
va tarbiyaning shaxsga samarali ta‘sir etuvchi omillari, qonuniyatlari va
mexanizmlarini o`rganuvchi fandir. Pedagogik psixologiyaning predmeti
o`quvchilarni maktabda bilim, ko`nikma va malakalarni egallash qonuniyatlarini,
bu jarayonlarda sodir bo`ladigan individual tafovutlarni, ularda mustaqil va
ijodiy
tafakkurni tarkib toptirish qonuniyatlarini tadqiq etishdir. Pedagogik
psixologiyaning muhim vazifalaridan biri -maktabdagi ta‘lim-tarbiya jarayonini
yanada takomillashtirishning psixologik asoslarini ishlab chiqishdan iborat bo`lib,
99
bu hol yangi ta‘lim dasturiga o`tish bilan bog`liqdir. Pedagogik psixologiya uch
bo`limdan iborat: ta‘lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi va o`qituvchi
psixologiyasi.
Pedagogik psixologiyaning vazifalari:
1)
ta‘lim jarayonlarini boshqarishning psixologik masalalarini o`rganish;
2)
bilish jarayonlarining shakllanishini tadqiq qilish;
3)
aqliy taraqqiyotning ishonchli ko`rsatkichlarini aniqlash;
4)
ta‘lim jarayonida aqliy taraqqiyotning samarali bo`lish sharoitlarini
o`rganish;
5)
pedagog va o`quvchilar o`rtasidagi, o`quvchilar va o`quvchilar
o`rtasidagi o`zaro munosabat xususiyatlarini o`rganish;
6)
o`quvchilarga individual yondoshish bilan bog`liq bo`lgan masalalarni
o`rganish.
7)
pedagogik faoliyatni amalga oshirishning psixologik qonuniyatlarini
o`rganish.
Pedagogik psixologiyaning muammolari quyidagilar:
1. Bolaning rivojlanishida uning haotidagi har bir senzitiv davrni aniqlash
va undan iloji boricha ko`proq foydalanish muammosi. Bu masalaning
muammoliligi shundaki, birinchidan, bola shaxsi va intellekti rivojlanishining
barcha senzitiv davrlari ma‘lum emas, uning qachon boshlanishi, qancha
davom
etishi va qachon tugashi noma‘lum. Ikkinchidan, har bir bolaning hayoti o`ziga xos
individual bo`lib, turli davrda har xil kechadi.
2. Bolaga ongli tashqil etilgan pedagogik ta‘sir va uning psixologik
taraqqiyoti orasidagi bog`lanish muammosi. Ta‘lim va tarbiya
bolaning
rivojlanishiga ta‘sir etadimi, yoki u ta‘lim va
tarbiya natijasida faqat bilim,
ko`nikma va malakalarga ega bo`lib, uning intellektual va ahloqiy rivojlanishga
ta‘sir qilmaydimi? Har qanday ta‘lim bolaning rivojlanishiga ta‘sir qiladimi yoki
faqat muammoli va rivojlantiruvchi ta‘lim-mi?
3. Ta‘lim va tarbiyaning umumiy va yosh muammolari. Bola hayotining
har bir aniq davrida ta‘limga yoki tarbiyaga urg`u berish kerakmi?- bola hayotining
ayni davrida nimaga ko`proq ehtiyoj sezadi: kognitiv -intellektual yoki shaxs
sifatida rivojlanishgami?
4. Pedagogik ta‘sirlarning kompleksligi va
bola taraqqiyotining
sistemaliligi xarakteri muammosi. Bola taraqqiyotini kognitiv va shaxsiy
hislatlarning o`zgarishi sifatida tasavvur qilsak, ularning har
biri alohida rivojlanishi
mumkin, har birining rivojlanishi boshqa xususiyatlarga bog`liq.
5. Bola xulq-atvori va psixologik xarakteristikalarining rivojlanishi ta‘lim
va yetilishga, layoqat va qobiliyatlar, genotip va muhitga bog`liqligi
muammosi.Ta‘limni bola organizmida ma‘lum neyrofiziologik to‘zilmalar
yetilmasdan boshlash mumkin-mi?Ta‘lim bolaning organik rivojlanishiga ta‘sir
qiladimi? Agar ta‘sir qilsa, qanday darajagacha ta‘sir qiladi?
Genotip hamda muhit bolaning psixologik va
xulq-atvori rivojlanishiga
alohida birgalikda qanday ta‘sir qiladi?
6. Bolaning ongli ta‘lnm na tarbiyaga psixologik tayyorligi muammosi. Bu
muammoni hal qilnshda ta‘lim va tarbiyaga psixologik tayyorlik deganda nima
nazarda tutilishi: bolada
100
layoqatlarning mavjudligi ma‘nosidami yoki ta‘lim va tarbiyaga qobiliyatning
rivojlanganligi ma‘nosidami, bolada yaqin taraqqiyot zonasi va rivojlanish darajasi
mavjudligi ma‘nosidami, intellektual va shaxsiy yetuklikning ma‘lum darajasiga
erishilganligi ma‘nosidami?
7. Bolaning pedagogik qarovsizligi muammosi. Bolaning pedagogik
ta‘sirlarni o`zlashtira olmasligi unga bolaligida yomon ta‘lim va tarbiya
berilganligi.
8. Ta‘limni indiniduallashtirishni ta‘minlash muammosi. Bolalarning
layoqat va qobiliyatlari asosida guruhlarga bo`lib o`qitish, har bir bolaning
individual xususiyatlarga mos ta‘lim va tarbiya metodlarini tanlash tushuniladi.
Yuqorida keltirilgan psixologik-pedaagogik muammolarni hal qilish
o`qituvchilardan yuqori kasbiy mahoratni, psixologik bilim, ko`nikma va
malakalarni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: