Pedagogik psixologik metodlari Pedagogik psixologiyada umumiy va yosh psixologiyada foydalanilgan
metodlar qo`llaniladi. Ular: kuzatish yozma va og`zaki savolnomalar, eksperiment
va boshqalar. Lekin ular bolalarning yoshi, psixologik va pedagogik muammolariga
bog`liq ravishda qo`llaniladi.
Umumiy metodlardan tashqari, pedagogik psixologiyaning maxsus
metodlari ham mavjud. Masalan, ularga psixologik-pedagogik eksperiment, maxsus
psixologik-pedagogik testlar kiradi. Psixologik-pedagogik eksperiment bolaga u
yoki bu pedagogik ta‘sirning mahsuldorlik darajasini aniqlash uchun maxsus
rivojlantiruvchi maqsadni ko`zlab o`tkaziladi.
Psixologik-pedagogik eksperiment uch bosqichdan iborat:
1.
Aniqlovchi eksperiment.
2.
Shakllantiruvchn eksperiment.
3.
Nazorat eksperimentlari.
Rus psixologi
B.G. Ananev bo`yicha tadqiqot metodlari 4 guruhga
bo`linadi:
I.
Tashqiliiy metodlar: taqqoslash, longityud va kompleks metodlari
kiradi.
Takkoslash-umumiy psixologiya, ijtimoiy psixologiya, pato- psixologiya
va defektologiyada keng qo`llaniladi. Yosh va pedagogik psixologiyada
o`rganilayotgan psixik jarayonlarning dinamikasini aniqlash uchun qo`llaniladi.
Longityud -(o‘zluksiz) o‘zoq vaqt davomida ayni bir xil kishilar o`rganiladi.
Kompleks - psixologik tadqiqotlar boshqa fanlar metodlari ishtirokida o`tkaziladi.
(shaxsning jismoniy, fiziologik, psixik va ijtimoy taraqqiyoti aniqlanadi).
II.
Empirik metodlar: kuzatish va o`z-o‘zini kuzatish; eksperimental
psixodiagnostika metodlari (test, anketa, suhbat, sotsiometriya, intervyu);
faoliyat natijalarini tahlil qilish; biografiya metodlari.
III.
Ma’lumotlarni qayta ishlash metodlari: miqdoriy
(statistika) va psixologik yoki sifatiy tahlil turlariga
bo`linadi.
IV.