Eksperiment metodi
. Eksperiment metodi tabiiy va laboratoriya
eksperimenti turlariga bo‘linadi. Bu metod psixik xolatni ta‘riflashgagina emas,
balki ularni tushuntirib berishga ham imqon beradi.
Kuzatishdan farqli o‘laroq, psixologik eksperiment tadqiqotchining
sinalayotgan faoliyatga faol aralashuvi mumkinligini nazarda tutadi. Jumladan,
psixologik fakt aniq namoyon bo;lishiga, uning tadqiqotchi xohlagan yo‘nalish
bo‘yicha o‘zgartirishiga, har jihatdan tadqiq qilish uchun bir necha martalab
takrorlanishiga imqon beradigan shart-sharoitni yaratadi.
Labaratoriya eksperimentining xarakterli belgisi faqat uning labaratoriya
sharoitlarida maxsus psixologik asbob-uskunalar yordamida o‘tkazishlarida va
sinaluvchining xatti-harakatlari yo‘l-yo‘riqqa binoan sodir bo‘lishi bilangina emas,
balki sinalayotganligini biladigan sinaluvchi kishining munosabati bilan ham
belgilanadi.
Labaratoriya eksperimenti yordamida diqqatning xossalari, idrok, xotira va
boshqalarning o‘ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish mumkin. Hozirgi paytda
labaratoriya eksperimentini ko‘pincha shunday tarzda o‘tkazishadiki, unda odam
odatdagi sharoitlarda bajarishi mumkin bo‘lgan faoliyatning ba‘zi psixologik
jihatlari modellashtirib qo‘yiladi. Jumladan, eksperimentda anchagina xissiy
zo‘riqish vaziyati modellashtirilib, uning jarayonida sinaluvchi, masalan, kasbi-kori
uchuvchi bo‘lgan kishi anglanilgan yechimlar qabul qilishi mumkin. Yuksak
darajadagi uyg‘unlikni taqozo etadigan murakkab harakatlar qilishi, asboblardagi
ko‘rsatkichlarga munosabat bildirishi va hakozolar belgilab qo‘yilgan bo‘lishi
mumkin.
Tabiiy eksperiment (birinchi marta 1910-yilda
A.F.Lazurskiy
taklif etgan)
mo‘ljallanganiga ko‘ra, eksperiment o‘tkazilayotganini biladigan sinaluvchida hosil
bo‘ladigan zo‘riqishga yo‘l qo‘ymasligi va tadqiqotni odatdagi, tabiiy sharoitlarga
(dars, suhbat, o‘yin, uy vazifalarini bajarish va boshqalar) ko‘chirilishi lozim.
Masalan, materialni yodlashning samaradorligi uni o‘zoq vaqt xotirada
saqlab qolish to`g`risidagi ko`rsatmaga bog`liqligini tadqiq qilish tabiiy
eksperimentga misol bo`la oladi. O`quvchilardan bir guruhi o`rganilishi lozim
bo`lgan material bilan tanishtiriladi va ushbu material yo‘zasidan ertasiga
so`ralishini aytadi. Boshqa bir guruhda esa o`quv materiali xuddi shunday tarzda
o`tilib bo‘lgach, o‘quvchilarga o`tilgan dars bir haftadan so‘ng so‘ralishi aytiladi.
Haqiqatda esa har ikkala guruhda ham o‘quvchilardan ikki xaftadan keyin
so`ralgan. Ana shu tabiiy eksperiment jarayonida materialni o‘zoq vaqt xotirada
saqlab qolishga mo`ljallangan yo`l-yo`riqning afzalliklari aniqlanadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqot vazifalarini bajaradigan tabiiy eksperiment
psixologik-pedagogik eksperiment
deb ataladi. Har xil yosh bosqichlarida
o`quvchilarning bilish imqoniyatlarini o‘rganishda, o‘quvchi shaxsini
shakllantirishning qonkret yo‘llarini aniqlashda uning roli benixoya kattadir.
Psixologik-pedagogik eksperiment uch qismdan iborat. Aniqlovchi,
103
shakllantiruvchi, nazorat eksperimentlari. Aniqlovchi eksperimentda
sinaluvchilardagi biror psixik jarayonning rivojlanish darajasi aniqlanadi. Masalan,
boladagi xotiraning rivojlanish darajasi "Meyli" testi yordamida aniqlanishi
mumkin. Shakllantiruvchi eksperimentda aniqlangan psixik jarayon me‘yordan
orqada bo‘lsa, uni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Misolga
qaytsak, xotirani rivojlantirish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. Nazorat
tajribalarida shakllantiruvchi ta‘sirning samaradorligini aniqlash uchun diagnostik
metod yana bir marta takroran o‘tkaziladi. "Meyli" testi yana bir bora o‘tkazilib,
maxsus matematik-statistik metodlar yordamida shakllantiruvchi ta‘sirning
samaradorligi aniqlanadi.
Anketa
. Savollar yordamida psixologik axborot to‘plashning metodik
usulidir. Bunda savollar mantiqan bir-biri bilan bog‘langan bo‘lib, tadqiqotning
maqsadiga mos keladi. Anketa yordamida o‘qituvchi o‘quvchilar shaxsiy sifatlarini
aniqlash uchun material to‘playdi.
Taklif etiladigan savollarga qarab, anketalar mazmun, funktsiyasi, shakli
bo‘yicha turli xil bo‘lishi mumkin.
Mazmun bo‘yicha anketa:
1. Faktlar ("Sening bo‘sh vaktishdagi mashg‘uloting", "Uy joy sharoitingni
ta‘rifla");
2. Atrofdagi kishilar, xodisalar xarakteristikasini ("O‘quv- ishlab chiqarish
korxonasida ish formasi boshqacha bo‘lishi kerak deb xisoblaysanmi?"',
"Ko‘pchilik bolalar o‘z imqoniyatlarini to‘liq ishga solmay o‘qishlarining sababi
nimada deb o‘ylaysan?").
3. O‘quvchining niyatlarini ifodalashi mumkin ("Oliy o‘quv yurtiga
kirasanmi?", "Yozgi oromgoxga borasanmi?"). Savollar bajaradigan
funktsiyasiga ko‘ra anketa o‘z ichiga quyidagilarni oladi:
a)Filtrlovchi-savollar. M.: agar o‘qituvchini oliygoxga kirishni
xohlovchilar qiziqtirsa, anketada quyidagicha savollar taklif etiladi: "Sening
yoqtiradigan predmeting?" Bunga faqat oliygoxga kirmoqchi bo‘lgan
o‘quvchilargina javob beradilar.
b)Tekshiruvchi yoki nazorat qiluvchi savollar. Ularning asosiy
funkisiyasi - ma‘lumotning to‘g‘riligini tekshirish. Shakli bo‘yicha anketalar:
a) Ochiq — bunda to‘g‘ri savollar o‘z xohishiga qarab, erkin
javob berish mumkin.
b) Yopiq — bunda savollarga tayyor javob berilgan bo‘lib,
o‘quvchi ulardan birini tanlashi lozim.
Anketa savollariga quyidagi talablar qo‘yiladi:
1. Savollar aniq, tushunarli, sodda va qonkret bo‘lishi lozim.
2.Anketaning boshida oson savollar, keyin qiyin, undan keyin eng
murakkablari, nixoyasida yana oson savollar berilishi lozim.
3. Bitta xususiyatni aniqlashga bir necha savollar, nazorat qiluvchi savollar
berilishi lozim.
Anketa metodining ijobiy tomoni:
1)ommaviy o‘rganish imqoniyati; 2) informatsiya to‘plash tezligi;
3)ma‘lumotlarni analiz qilishda matematik metodlardan keng foydalanish
imqoniyati;
104
4)og‘zaki formada javob olish qiyin bo‘lgan savollarga javob olish imqoni;
5)bir necha tadqiqotlar natijasini taqqoslash imqoni;
6)natijalarni qayd etishning qulay usuli.
Shuni ham nazarda tutish lozimki, anketa metodi shaxs xususiyatlarining
barcha soxalarini to‘la o‘rganish imqonini bermaydi, o‘quvchilar turlicha javob
berganlari tufayli ularni klasifikatsiya qilishda qiyinchiliklar uchraydi, javoblarning
obyektivligi yuqori emas, chunki o‘quvchilar bunga vijdonan yondoshmasliklari
mumkin.
Dostları ilə paylaş: |