47
Tarbiya, 11-sinf
Arosat
Safardan qaytgan Salohiddin va Matluba O‘rmonxonning idorasiga kelishdi.
– Safarlar qalay bo‘ldi, Salohiddinboy? – dedi O‘rmonxon
minnat va istehzo
ohangida.
– A’lo darajada! Borganimizda hamma biz bilan yaxshi munosabatda bo‘ldi.
Undan keyin ko‘p narsani o‘rgandik. Ko‘o‘o‘p narsani o‘rgandik... Eng qizig‘i,
yarim yil qanday o‘tib ketganini bilmay qolibmiz...
Matlubaning birovdan katta qarz olib, uni qanday
qaytarishni bilmay, “Endi
nima bo‘ladi?” degan o‘ylarini erining tomoq qirishi buzib yubordi. Darhol ser-
gak tortdi-da, o‘rgatilgan to‘tiqushdek sayray boshladi:
– Sizning yordamingiz bilan shu darajaga erishdik.
Buning uchun sizdan
o‘la-o‘lguncha minnatdormiz, O‘rmonxon aka.
–
Xuddi shunday, – xotinining gapini ma’qulladi Salohiddin.
– Yaxshi, yaxshi, bu – boshlanishi. Hali birgalikda ko‘p ishlar qilamiz...
Matluba “yana nima?”, “qanday ishlar?” degandek eriga qaradi. Uning qara-
shini sezib turgan Salohiddinning yuz ifodasi ham o‘zgarmadi. Nigohi O‘rmon-
xonda edi.
– Sizlar xorijda o‘qib, ancha-muncha narsani o‘rganib keldingiz-a? Endi
odamlarning
orasiga kirib, o‘zbek tilida tushuntirish ishlarini olib borasiz. Saf-
doshlarimizni yanayam ko‘paytirishimiz kerak.
– O‘rmonxon aka, hammasi xuddi siz aytganday bo‘ladi, – dedi Salohiddin
tamagirlik bilan. Matluba eriga “To‘g‘ri gapiryapmanmi?” degandek
bir qarab
qo‘ydi-da:
– Men mahalla-ko‘yda xotin-qizlarni shu yo‘lga da’vat qilaman, – dedi.
– Eng avvalo,
yordamga muhtoj, hayotda qiynalgan odamlarni topish kerak.
Bunday kishilarni pul bilan avrash oson.
Uning bu gapi Matlubaga “Pulini oldilaringmi, endi aytganimni qilasan...” de-
gandek eshitildi. O‘rmonxon topshiriqni davom ettirib:
– Muhimi, e’tiqodi zaif yoshlarga e’tibor berishimiz kerak. Chunki kelajakda
ularni...
O‘rmonxonning gapini Salohiddin bo‘ldi-da:
– Boshqarish oson bo‘ladi, – deb o‘zining xayrixohligini namoyish qildi.
1. “E’tiqodi zaif yoshlar” deganda kimlarni tushunasiz? Nima uchun?
2. Salohiddin va Matluba qanday sabablarga ko‘ra missionerlik yo‘liga kirib
qolgan deb o‘ylaysiz?
3. O‘rmonxonning asl maqsadi nima edi? Salohiddin va
Matlubaning safar
xarajatlariga homiylik qilishdan maqsadi nima bo‘lgan?
?
Dostları ilə paylaş: