49
Tarbiya, 11-sinf
Missionerlar o‘z faoliyatlarini quyidagi usullar orqali olib boradilar:
– yoshlarga ingliz, koreys tilini, kompyuterda ishlashni o‘rgatish bahonasida
o‘quv kurslari ochish va mazkur joylarda o‘z diniga targ‘ib qilish;
– xorijga o‘qishga, ishga yoki chet el fuqarosi bilan oila qurish uchun jo‘natish-
dan
foydalanish;
– bolalar va o‘smirlarni yoz faslida tog‘li hududlardagi dam olish orom-
gohlariga jalb qilish va shu yerda ularga ruhiy ta’sir o‘tkazish;
– xayriya yordami ko‘rsatish (pul, dori-darmon, kiyim-bosh,
oziq-ovqat
mahsulotlari tarqatish), uy ta’mirlashda ko‘mak berish davomida missionerlik
harakatlarini
olib borish;
– bepul tibbiy yordam ko‘rsatish bahonasida bemorga ta’sir o‘tkazish;
– ijtimoiy muhofazaga muhtoj oilalarga echki, sigir olib berish,
bayram kun-
lari mahallalarda bolalarga sovg‘alar tarqatish, “Muruvvat” va “Saxovat” uylari-
da bayram stollari tashkil etish.
Missionerlarning faoliyati sababli: XX asrning 70-yillarida AQSHning
San-Fransisko shahrida Jim-Jons ismli shaxs asos solgan “Xalq ibodatxo-
nasi” nomli tashkilot faoliyati natijasida 912 kishi,
Texas shtatida Devid
Koresh shakllantirgan “Dovud avlodi” nomli sekta faoliyati oqibatida 100 ga
yaqin, AQSHda paydo bo‘lgan “Osmon darvozasi” sektasi a’zolarining 60 dan
ortig‘i, Ugandada yuzaga kelgan “Xudoning o‘nta buyrug‘ini qayta tiklash
harakati” sektasi a’zolarining 1000 dan ziyodi o‘z joniga qasd qilgan.
1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 57-moddasini Davlat va
huquq asoslari fanidan o‘tilgan “Tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyatlar”
mavzusiga bog‘lang va tahlil qiling.
2. Amir Temur: “Yana buyurdimki, lashkarlarning uchdan bir qismi che-
garalarni qo‘riqlash
ishiga belgilansin, qolgan ikki qismi esa doim saltanat
xizmatiga hozir tursin”.
a) Amir Temur nima uchun shunday yo‘l tutgan? Mulohaza yuriting.
b) “Temur tuzuklari”dagi bu fikrning yurt tinchligiga ta’sirini
tahlil qiling
va ish daftaringizga yozing.
?
Dostları ilə paylaş: