11-sinf tarbiy



Yüklə 82,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/96
tarix22.09.2023
ölçüsü82,8 Mb.
#146827
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96
Tarbiya 11-sinf UZ

Ijodiy faoliyat
?
Mulohaza uchun
Ma’naviyat xazinasidan
?
Har qanday narsaga har tomonlama na-
zar sol – foydasini ham, zararini ham ko‘r. 
Boshqalarning fikrini o‘ylab o‘tirgandan 
ko‘ra o‘z ustingda ko‘proq ishla.
Lev Tolstoy


52
1. Quyidagi hikoyani o‘qing. Aziz ukalarini qanday chalg‘itishi mumkin?
2. Azizning harakatiga baho bering. Siz nima qilgan bo‘lardingiz?
3. Javobingizni quyida berilgan “Ma’naviyat xazinasi” va “Mulohaza uchun” 
ruknidagi fikrlar bilan bog‘lang.
Endi mening navbatim
Azizning ota-onasi kechki tadbirga taklif etilganlari uchun 
unga ukasi va singlisiga qarab turishni, o‘z vaqtida ovqatlanish-
ni, kompyuter bilan band bo‘lib, ukalariga e’tiborsiz bo‘lmaslikni 
qattiq tayinlab ketishdi. 
Azizning singlisi hali 4 yoshga ham kirmagan. Ukasi esa 6 yosh. 
Bolalar televizorda berilayotgan multfilmlarni tomosha qilib, “ertak-ertak” 
o‘ynashmoqchi bo‘lishdi. Azizning singlisi akasiga: “Men Oppog‘oy bo‘laman, 
ko‘zimni yumib turaman, siz labimdan o‘pib tiriltirasiz”, desa, aka-
si: “Yo‘q, men Maxluqman, sen Sohibjamol bo‘lasan, labimdan o‘pib 
tiriltirasan”, deb bir-biri bilan janjallashib qoldilar... 
Ularning bu janjalini kuzatib turgan Aziz tezda borib televizor-
ni o‘chirdi. Ularga: “Hech qanaqa multfilm ham, ertak-ertak ham 
yo‘q”, deb jahl qildi-yu, ammo ukalarini nima bilan band qilishni 
bilmay qoldi...
Hayosizlik barcha dinlar tomonidan qoralanadi. Bu 
illat umuminsoniy va milliy qadriyatlarga ham ziddir.
Ukalaringiz tomosha qilayotgan multfilm va kino
-
larda qanday voqealar aks etayotganiga e’tiborli 
bo‘ling. Chunki bunday axborotlar orqali odob-axloq 
qoidalariga zid bo‘lgan odatlar ularning hayot tarziga 
aylanib qolishi mumkin.
Hayo va iymon ikkisi bir-biriga yaqin-
lashtirilgan. Qachon ulardan biri yo‘qolsa, 
boshqasi ham yo‘qoladi.
Hadisdan
“Axborot urushi” ibora- 
sini ilk bor fizik olim 
Tomas Ron qo‘llagan. U 
1976-yilda ushbu masala-
ga barcha mas’ul kishilar 
e’tiborini qaratdi.
Kibernetika (yunoncha, 
boshqarish san’ati) – ax-
borotni qabul qilish, uni 
qayta ishlash hamda undan 
turli jarayonlarni boshqa-
rishda foydalanish bilan 
shug‘ullanadigan fan.
?

Yüklə 82,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin