53
Tarbiya, 11-sinf
Quyidagi tasvirlarga diqqat bilan qarang va ularga munosabat bildiring.
Berilgan jadvalni daftaringizga chizing va to‘ldiring.
Multfilmlar mavzusi:
1
2
3
4
5
6
Ulardagi axloq-odobga zid
tushuncha va g‘oyalar:
Milliy va
diniy qadriyatlarga
zid bo‘lgan mafkuraviy tahdidlar:
Qo‘rqinchli sahnalar:
Ulardagi qo‘shiqlar:
Siz yoqtirgan sahnalar:
Ularning asosiy g‘oyasi:
Ukalaringizga qaysi mult-
filmlarni ko‘rishni tavsiya etgan
bo‘lardingiz?
Inson asabini izdan chiqari-
shi mumkin bo‘lgan voqealar:
Qaysi qahramonlar ishtiro-
kidagi
multfilmlar yaratilishi
kerak deb o‘ylaysiz?
Multfilmdagi g‘oyalar nima
-
ga xizmat qilishi kerak?
?
Ijodiy faoliyat
1
2
3
4
5
6
Tagi puch gaplar
Men Moskva shahriga ishlash maqsadida borgan edim. Bo‘sh vaqtlarimda in-
ternet saytlariga kirishni odat qildim... Asta-sekin ijtimoiy
tarmoqda tashkil etil-
gan turli guruhlarga a’zo bo‘la boshladim. Bu guruhlar orqali bir qancha yangi
do‘stlar orttirdim. Bu “do‘stlarim” meni o‘zlaricha dinning turli ahkomlari bilan
tanishtira boshladilar.
Keyinchalik Moskva shahrida bir necha yangi “birodarlar” bilan tanishdim...
Internet imkoniyatlarini ishga solib, Pokiston, Afg‘onistondagi
jangarilar lager-
larida bo‘ladigan suhbatlarni va Suriyadagi mojarolar tushirilgan videolavhalar-
ni ko‘rdim. Men negadir ularning ishlariga o‘ta qiziqish bilan qarardim.
Moskvadan uyga qaytayot-
ganimda oila a’zolarim va do‘st-
larimga ham tanishtirish, o‘rgatish
maqsadida o‘zim bilan birga flesh
-
kaga yozilgan ma’ruzalar, inter-
netdan
olingan videolavhalarni
ham olib keldim. Ming afsuski,
men xorijda yurib, internetda top-
ganlarim quruq sarob, buzg‘unchi
ma’lumotlar ekanini, “birodar-
lar” menga tushuntirgan narsalar
haqiqiy islom
dinidan butkul uzoq, tagi puch gaplar ekanini kech anglab yetdim.
“Internetdagi tahdidlardan himoya” kitobidan
1. “Kim axborotga ega bo‘lsa, dunyoga egalik qiladi” degan fikrni siz qanday
tushunasiz?
2. Internetdagi rasmiy va norasmiy ma’lumotlar deganda nimani tushuna-
siz? Norasmiy ma’lumotlarga qanchalik ishonasiz?
3. Yolg‘on xabar tarqatish, birovning tinchligini
buzish milliy qadriyatlari-
mizda qanday baholanadi?
4. Mobil telefoningizga yoki elektron pochtangizga noma’lum shaxslar xabar
yuborsa, bunga qanday munosabatda bo‘lasiz?
?
Dostları ilə paylaş: