63
Tarbiya, 11-sinf
Janubiy Iroq, Suriya va Yaman, IX asr:
Islom nomidan harakat qilgan
qarmatiylar ekstremistik guruhi 899-yilda Bahraynni bosib oldi. 930-yili haj
mavsumida Makkaga hujum uyushtirib, Ka’bani talon-toroj qildi. Hajga bor-
ganlarni o‘ldirib, bir qismini qul qildi.
Fransiya, 1572-yil.
Gersog Fransua Giz o‘zining ko‘p sonli qo‘riqchilari bi-
lan ibodat qilayotgan protestantlarga hu-
jum qildi. Ko‘plab qotilliklar sodir bo‘ldi.
Tarixda “Varfolomey kechasi” nomi bilan
esda qolgan mazkur tunda 6 ming nafar
protestant (bolalar, ayollar, qariyalar)
qatl qilindi. Bu voqea Fransiyada 36 yil
davom etgan diniy urushning boshla-
nishiga sabab bo‘ldi.
Yangi Zelandiya
ning Kraystcherch
shahridagi “an-Nur” va “Linvud” masjid-
larida 2019-yilning 15-martida sodir etilgan ayanch-
li terrorchilik harakati 51 nafardan ortiq kishining
hayotiga zomin bo‘ldi, 40 nafarga yaqin musulmon
yaralandi.
Mazkur voqea ksenofobiya va islamofobiya-
ning avj olishi natijasi edi. Terrorchilik hujumini
Yangi Zelandiyada yashovchi asli avstraliyalik Bren-
ton Tarrant amalga oshirgan.
Dostları ilə paylaş: